Olimlar koronavirusga chalingan insonlarda nima sababdan ta’m bilish hissi yo‘qaloyatganini aniqladi

AQSh Milliy instituti tadqiqotchilari koronavirusga chalinganlarning aksariyatida nima sababdan ta’m bilish xususiyati yo‘qolib qolayotganini tushuntirib berdi. Bu boradagi tegishli ilmiy maqola bioRxiv’da e’lon qilingan, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Olimlarning aniqlashicha, inson tilida joylashgan ta’m bilish retseptorlari angiotenzinni o‘zgartiruvchi 2 (ACE2) fermentiga ega. Ushbu fragment orqali SARS-CoV-2 virusi organizm hujayrasiga tushadi. Shu orqali koronavirus infeksiyasi yuqqan insonlarda ta’mni bilish hissi yo‘qoladi.

Tadqiqotga Jozefin Igan boshchilik qilgan bo‘lib, u o‘z jamoasi yordamida insonning minglab ta’m bilish retseptorlarini o‘rgangan.

Qayd etilishicha, til asosidagi urchuqsimon va uning orqa qismidagi qo‘ziqorinsimon II tip retseptor hujayralari tarkibida ACE2 fermenti mavjud bo‘lib, u viruslarning kirish nuqtasi hisoblanadi.

Tajribada ta’m bilish hissidan shikoyat qilgan koronavirusga chalingan 45 yoshli ayol va 63 yoshli erkak ishtirok etgan. Ularda til o‘lchamining kattalashishi, uning asoslarini qizarishi va ularning ta’m bilish kurtaklari ildiz hujayrasi qatlami o‘zgargani aniqlangan.

Avvalroq britaniyalik olimlar sekin yuradigan odamlarda COVID-19’dan o‘lish xavfi to‘rt baravar yuqoriligini ma’lum qilgani, koronavirusga chalingan erkaklar ayollarga qaraganda ko‘proq vafot etayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Manba: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *