Rossiyalik bloger tomonidan videosi e’lon qilingan Qarshi yaqinidagi chiqindixonani tozalash ishlari boshlandi

28-aprel kuni rossiyalik bloger va sayyoh Kostya Tkachev Qarshi yaqinidagi ulkan hudud ko‘p yillar davomida polietilen paketlar va boshqa maishiy chiqindilar to‘lib ketgani haqida videorolikni e’lon qildi. Shundan so‘ng ushbu hududni chiqindilardan tozalash ishlari boshlandi, deya xabar qilmoqda “Gazeta.uz”.

Aniqlanishicha, chiqindilarni shahar chiqindixonasidan shamol uchirib kelgan, shuningdek, mashinalarda o‘tib ketayotgan odamlar ham tashlagan.

“Ushbu tomosha ko‘proq zamonaviy rassomning qandaydir dahshatli installyatsiyasiga o‘xshaydi. Ushbu manzara meni juda hayratga soldi, qo‘rqitdi, men bir kundan ko‘proq vaqt davomida bu joy haqida o‘ylamasdan turolmadim”, – deydi bloger.

“U yerda bo‘lganimning birinchi daqiqasidanoq, agar men shunchaki bu yerdan o‘tib ketsam va hech bo‘lmaganda biror narsa qilishga urinmasam, o‘zimni kechirmasligimni angladim. Ushbu paketlarning hammasini yig‘ib olish harakatiga tushdim”, – deydi u.

Bir kunda to‘rtta katta qop chiqindi yig‘ib olgan Kostya Tkachev butun hududni tozalash uchun bir kishiga 110 kun kerakligini hisoblab chiqdi.

Bloger atrofni tozalashga tanishlarni jalb qilishga urindi, ammo bu natija bermadi. Toshkentga qaytib kelgach, sayyohlik kompaniyasi rahbari Oybek uning tashabbusi haqida xabardor bo‘ldi, u ingliz tili o‘qituvchisi Shamil bilan birgalikda tozalash uchun Qarshiga borishga rozi bo‘ldi.

Qarshida ular hududni tozalashda ishtirok etishga rozi bo‘lgan yigitlarni topishga muvaffaq bo‘ldi. Ikki kundan kamroq vaqt ichida jami 14 kishi butun ifloslangan maydonning taxminan to‘rtdan bir qismidan chiqindilarni yig‘ishdi. Ular chiqindilarni qayta ishlash zavodiga olib bordi.

Kostya Tkachev aksiyani hayotidagi eng muhim voqea deb atadi. U o‘ziga hamfikrlarning harakatlari “zanjir reaksiyasini boshlashiga” umid bildirdi.

1-may kuni Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hududlarni ekologiya va obodonlashtirish boshqarmalari, shuningdek, “Toza hudud” korxonasi va “Eko Trans” kompaniyasi hududni chiqindidan tozalash uchun hashar boshlaganini xabar qildi. Vaziyat bo‘yicha O‘zbekiston Ekologik partiyasi ham o‘z xavotirini bildirdi.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, Chiroqchi tumaniga tegishli ifloslangan hududning maydoni 17 gektarni tashkil etadi. Tozalash ishlariga 200 dan ortiq odam va 10 ta maxsus texnika, shu jumladan, buldozer jalb qilingan.

Ma’lum qilinishicha, “Eko Trans” kompaniyasi hududning tozaligini nazorat qilishi kerak bo‘lgan. Shu sabab ushbu kompaniyaning mansabdor shaxsi ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Bundan tashqari, viloyatda yuk mashinalari tomonidan noqonuniy chiqindi tashlanishining oldini olish ustidan nazorat kuchaytirilgani qayd etilgan.

Источник: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *