O‘zbekistonda vaksinatsiyaning ikkinchi oyi boshlandi, ilk kuniyoq 58 ming nafardan ortiq kishi emlandi

O‘zbekiston hududlari bo‘ylab 1-may kuni jami 58 235 kishi COVID-19’ga qarshi emlandi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Shu tariqa ayni kungacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 856 016 nafarga yetdi.

1-may kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni

  • Andijon viloyati (8852 nafar),
  • Samarqand viloyati (7309 nafar),
  • Namangan viloyati (7229 nafar) band qildi.

Ta’kidlanishicha, hozirga qadar jami emlanganlar soni bo‘yicha rekord ko‘rsatkich Farg‘ona viloyatida (123 064 nafar) qayd etilgan. Namangan viloyatida bu ko‘rsatkich 92 103 nafarni, Andijon viloyatida esa 91 120 nafarni tashkil qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 1-maydan O‘zbekistonda vaksinatsiyaning ikkinchi oyi boshlandi. Vaksinatsiyaning birinchi bosqichi 1-apreldan boshlangandi. Dastlabki bosqichda 65 yoshdan kattalar, surunkali kasalligi borlar, tibbiyot va ta’lim muassasalari (maktab va bog‘cha) xodimlar, shuningdek, huquq-tartibot organlari vakillari emlangandi.

Ikkinchi bosqichda emlanadiganlar:

  • jurnalistlar, blogerlar va OAV vakillari;
  • jamoat transporti xodimlari (metropoliten, temiryo‘l, aeroport xodimlari);
  • xorijda o‘qiydigan talabalar,
  • mehnat muhojirlari.

Emlash tadbirlari 1-apreldan viloyatlar markazlari va katta shaharlardan boshlangandi. May oyida emlash tadbirlari tuman markazlari va kichik shaharlarda amalga oshiriladi. Iyun oyida esa boshqa aholi qatlami emlanadi.

Источник: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *