“Agrobank”dan yana bir katta loyiha: Fermerlar maktabiga qabul boshlandi

Fermerlar maktabi — “Agrobank” tashabbusi bilan yaratilgan, O‘zbekistondagi ilk qishloq xo‘jaligida zamonaviy bilim va malaka beradigan yangicha o‘quv dasturi. Bunda tinglovchilar qishloq xo‘jaligida tadbirkorlik faoliyatini boshlash, joriy biznesni zamonaviy asosda tashkil etish bo‘yicha mahorat darslarini o‘taydi.

Qishloq xo‘jaligida hosildorlikni oshirish sirlari, mo‘l hosil olish uchun urug‘ va o‘g‘itlarni tanlash, chorva mollarini parvarishlash, samarali biznes reja tuzish asoslari, yetishtirilgan mahsulotlarni zamonaviy marketing usullari orqali sotishni o‘rganish kabi ham amaliy, ham nazariy bilimlar aynan shu yerda o‘rgatiladi.

Darslar jahon standartlariga to‘laligicha javob beradigan o‘quv auditoriyalarida, qishloq xo‘jaligida tajribaga ega o‘qituvchilar va ilmiy mutaxassislar, muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar, biznes yo‘nalishlari bo‘yicha trener hamda bank mutaxassislari ishtirokida o‘tkaziladi.

Ushbu o‘quv dasturi qishloq xo‘jaligida ilk zamonaviy dastur sifatida Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Toshkent davlat agrar universiteti va Andijon agrotexnologiyalar instituti bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Ta’lim yo‘nalishlari — chorvachilik, parrandachilik, sabzavot va polizchilik, issiqxona xo‘jaligi hamda biznes, moliya, huquqiy savodxonlik darslari. O‘qish dasturi esa ham nazariy, ham amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratiladi. Amaliy darslar tajriba uchastkalari va yirik qishloq xo‘jaligi korxonalarida o‘tiladi. Fermerlar maktabi bir paytning o‘zida respublikamizning 5 ta hududida (Toshkent, Andijon, Samarqand, Termiz va Nukus shaharlarida) tinglovchilarga yagona standartlashgan ta’lim dasturini taqdim etadi. Ta’lim olish bilan bog‘liq barcha xarajatlar “Agrobank” tomonidan moliyalashtiriladi.

Quyidagi manzillar orqali fermerlar maktabida o‘qish haqida batafsil ma’lumot olishingiz va o‘qish uchun so‘rovnoma to‘ldirishingiz mumkin.

Shoshiling, tinglovchilarning qabul soni cheklangan!

Fermerlar maktabi — imkoniyatlar zamini!

https://fermermaktab.uz/

fermerlar_maktabi_bot

+99895 500 80 10

+99895 500 80 01

Fermerlar maktabi uchun ishlab chiqilgan ijtimoiy videorolikni quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida.

Manba: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *