Tokio—2020 Olimpiadasiga yo‘llanma olgan bokschi Miraziz Mirzahalilovga Nexia-3 sovg‘a qilindi

Tokio—2020 Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan farg‘onalik bokschi Mirazizbek Mirzahalilovga viloyat hokimligi tomonidan Nexia-3 avtomobili sovg‘a qilindi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar bermoqda.

3—11-mart kunlari Iordaniyaning Amman shahrida o‘tkazilgan Tokio—2020 Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi litsenzion musobaqada -57 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Mirazizbek Mirzahalilov oltin medalni qo‘lga kiritgandi.

Ma’lumot uchun, Mirazizbek Mirzahalilov Prezident farmoni bilan “O‘zbekiston iftixori” unvoni bilan ham taqdirlangan. U 2019-yilning 9—21-sentabr kunlari Rossiyaning Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Jahon chempionatida oltin medal olgan. Shundan so‘ng bokschiga Prezident sovg‘asi sifatida Chevrolet Tracker, viloyat hokimligi tomonidan bo‘lsa Farg‘ona shahri markazidan yangi uy sovg‘a qilingandi.

Qayd etish joiz, bokschi Tokio—2020 Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish orqali 100 million so‘m mukofot puliga ham ega chiqdi. Boisi avvalroq Tokioda o‘tadigan yozgi Olimpiada o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan sportchilar uchun 100 million so‘mdan mukofot puli berilishi e’lon qilingandi.

Источник: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *