Tursunoy Rahimova tailandlik bokschini mag‘lub etib, Tokio—2020 Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Iordaniyaning Amman shahrida 11-mart kuni, chorshanba kuni, Tokio—2020 Olimpiadasiga yo‘llanma beradigan boks bo‘yicha musobaqaning so‘nggi janglari o‘tkazilmoqda.
Ayollar o‘rtasida -51 kilogramm vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Tursunov Rahimova yo‘llanma uchun hal qiluvchi jangda tailandlik Yutumas Hitpongga qarshi jang olib borib, yakunda raqibini 4:1 hisobida mag‘lub etdi.
Shu tariqa Tursunoy Rahimova ham Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Avvalroq erkaklar o‘rtasida o‘zbekistonlik 6 nafar bokschining Tokioga borishi aniq bo‘lib ulgurgandi.
Источник: Daryo.uz