Tushda bazzoz, libos sotuvchi| Тушда баззоз, либос сотувчи

💡 Xatchop ga qo'shish uchun kerakli so'z ustiga bosib turing.
Belgilangan joylar:
Ulashish

Audio tayyorlanmoqda...

BAZZOZ Bazzoz deb forsiyda jomaufurush (libos sotuvchi)ga aytiladi. Bazzoz katta xatar egasi bo‘lgan kishini bildiradi. Chunki, libosning bahosi diram va dinor bo‘lib, bu pulni bildiradi. Diram va dinorning ta’biri makr va andishaga oiddir, bu narsalarda yaxshilik yo‘q. Agar libosning bahosi uchun diram va dinordan boshqa narsa berilgan bo‘lsa, uning yaxshi va yomonligi o‘sha berilgan narsaning xiliga bog‘likdir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, bir kishi tushida bazzozlik qilayotganini va matosini diram va dinorga sotmayotganini ko‘rsa, unga g‘am va anduh hamda ziyon yetishini bildiradi. Agar biror matoni o‘z matosi evaziga olganini ko‘rsa, murodi hosil bo‘lishini bildiradi.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadilarki, tushda bazzozni ko‘rish dunyo ziynatini bildiradi.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan