Tushda baliq | Тушда балик
BALIQ (MOHIY) — Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi baliq issiq havoli dengizlarda balo va qiyinchilik, sovuq havoli dengizlarda, ta’biri aksincha bo‘ladi. Tushida yangi va katga baliqlarning ko‘pligini ko‘rsa, molu dunyoga dalildir.
Mayda baliqlar g‘amu anduh bo‘ladi. Baliqning qornidan marvarid topib olganini ko‘rsa, o‘g‘il tug‘ilishiga dalildir.
Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida kimdir unga quri tilgan yoki sho‘r balikdan berganini ko‘rsa, podshohdan yoki bir ulug‘ odamdan zarar yetishiga dalildir. Tushida sho‘r baliq yeganini ko‘rsa, g‘ulomi zarar yetkazishiga dalildir. Tushida tuzlangan va qovurilgan baliq yeganini ko‘rsa, safar qilishi, ilm qidirishi yoki bir odam bilan suhbat qurishiga dalildir. Mayda baliqlarni tushda yeyish xususamt bo‘ladi. Tushida baliqning a’zolaridan, masalan, qonni, suyakni yoki baliq qornida bo‘lgan biror narsani topsa, uning mikdoricha mol, xayru barakat topishiga yoki aqlli g‘ulomga dalolat qiladi. Agar dengiz yoki daryoda katga baliq tutib olganini ko‘rsa, moli ko‘p oiladan xotin olishiga dalil bo‘ladi.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi toza va qovurilgan baliq molu ne’mat bo‘ladi, toza baliq Jannatdagi taomlardan biri bo‘lib, Iso (a.s.)ga osmondan tushirilgan. Alloh ta’olo aytadi: Iso ibn Maryam dedi: Ey, Rabbimiz Alloh!
Bizga osmondan (bir) dasturxon tushirginki, u avvalu oxirimiz uchun bayram hamda Sendan (bizga) mo‘’jiza bo‘lsin. . . (Moida surasi, 114-oyat).
Agar tushida og‘zidan baliq chiqqanini ko‘rsa, ishlarda yolg‘on gapirishga yo‘l qo‘yishiga dalil bo‘ladi. Agar baliq o‘z olatidan chiqqanini ko‘rsa, qiz tug‘ilishiga dalildir. Agar ayol kishi og‘zidan baliq chiqqanini ko‘rsa, g‘amgin bo‘lishini bildiradi. Agar daryodan baliq ushlab olganini ko‘rsa, ulug‘ bir odamdan molu ne’mat topishiga dalildir. Agar toza va yangi baliq yeganini ko‘rsa, uning mikdoricha mol hosil qilishini bildiradi.
Ismoil Ash’as (r.a.)ning aytishicha, tushida baliqfurushlik qilganini ko‘rsa, unga va uning odamlariga xayru manfaat yetishini bildiradi. Tushida hovuz yoki arikdan baliq tutib olganini ko‘rsa, odamlardan makru hiyla bilan biror narsa undirishiga dalildir. Agar daryodagi baliqlar u bilan so‘zlashganini ko‘rsa, podshoh siri oshkor bo‘lishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi baliq olti narsani bildiradi: vazirni; lashkarni; balog‘atga yetgan qizni; harbiy urushni; g‘amu anduhni va hind kanizagini.