Tushda nonlar | Тушда нонлар
NONLAR (NONHO) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushda pokiza nonlarni ko‘rsa, rohatni bildiradi. Agar non toza va pokiza bo‘lmasa, noxush hayotni bildiradi. Tushida non sotib olganini va uyiga olib kelganini ko‘rsa, xayru manfaatga va halol moldan yetadigan farovon turmushga dalolat qiladi. Tushida birovga non berganini ko‘rsa, o‘sha kishiga rohat yetkazishiga dalildir.
Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida ikkita — uchta non topganini ko‘rsa, g‘amu anduxdan qutilib, shodu xurramlikka yetishiga dalildir. Agar notanish yerda yarimta non topganini ko‘rsa, yarim umri o‘tganiga dalildir. Tushida ozgina non topganini, biroq uni yeya olmaganini ko‘rsa, ajali yaqin kelganiga dalildir.
Tushida nonlari ko‘p ekanini, biroq ularni yemaganini ko‘rsa, uning mikdoricha boylik topishiga dalildir. Tushida nonni issig‘icha yeganini ko‘rsa, unga g‘am yetishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida issiq non ko‘rsa, lazzat va rohatga dalildir. Qotgan non buning aksi bo‘ladi. Kepak yeyish ocharchilikni bildiradi. Toza va issiq non yeyish podshohning adlu insofiga dalildir. Qo‘noq unidan qilingan non hayotning torligi yoki parhezgarlikni bildiradi. Tushida qotgan non yeganini ko‘rsa, rizqi keng bo‘lishiga dalildir. Tushida lochira nonini yeyish umrning qisqaligiga dalil bo‘ladi.
Ismoil Apgas (r.a.)ning aytishicha, tushdagi non amirlar, ulug‘ odamlar va rahbarlarni bildiradi. Agar sulton tushida bitta nonni ko‘rsa, mulki ziyoda bo‘lishiga dalildir. Agar buni savdogar ko‘rsa, boyligi ziyoda bo‘lishiga dalildir. Tushdagi bitta non, kishining qadriga qarab, bir diram puldan to ming diramgacha bo‘ladi.
Doniyol (a.s.)ning aytishicha, tushda ko‘riladigan narsalar ichida hech narsa non ko‘rganga yetmaydi, chunki tushdagi non mashaqqatsiz qo‘lga tegadigan halol moldir. Tushda non pishirish tirikchilik ortidan mehnat qilish va non topishga intilish, mol orqali ulug‘lik topishga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi non to‘rt narsani bildiradi: yoqimli hayotni; halol molnii; shaharni; xayru barakatni.
Bilginki, tushdagi non boylik qidiruvchi kishidir. Tushida nonvoy bo‘lib qolganini ko‘rsa, jang va xusumat orqali ko‘p boylik hosil qilishga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, tushdagi nonvoy odil podshohni bildiradi.