Tushda oyoq boldiri | Тушда оёк болдири
OYOQ BOLDIRI (SOQ) Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi boldir ishonchga ega bo‘lgan mol va maishatdir. Ta’birchilarning aytishlaricha, boldir odam uchun izzat va obro‘dir. Agar boldiri baquvvat ekanini ko‘rsa, ishlari yaxshi bo‘lishiga dalildir. Agar boldiri zaif bo‘lsa, ahvoli hamda ishlarining zaif va parishon bo‘lishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, agar boldiri po‘latdan yoki qo‘rg‘oshindan ekanini ko‘rsa, umri uzoq bo‘lishi va moli boqiy bo‘lishiga dalildir. Agar boldiri sinib qolganini ko‘rsa, badani uchun yomon hol yuz berishiga dalildir.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi boldir erkaklar uchun xotinni, ayollar uchun erni bildiradi. Agar boldirlari bir-biriga o‘ralib qolganini ko‘rsa, halokat bo‘lish xavfi borligiga dalildir. Agar boldirida mo‘ylar ko‘pligini ko‘rsa, qarzdor bo‘lib qolishiga dalildir. Agar boldiridan mo‘ylarni qirganini ko‘rsa, qarzdan qutilishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi boldir to‘rt narsani bildiradi: molnii; maishatni; uzoq umrni; erkaklarga xotinni, xotinlarga erni.