Tushda sikbo | Тушда сикбо
SIKBO (SIRKABO) Ibn Sirinning aytishicha, qo‘y go‘shti, asal va boshqa kerakli narsalar bilan tayyorlangan sikboni ko‘rsa, ayshi xush, izzat va obro‘ topishiga dalildir. Agar mol go‘pggi bilan tayyorlangan bo‘lsa, umrining uzoq bo‘lishi, mol topishi va maqsad hosil bo‘lishiga dalildir. Agar tovuq yoki qushlar go‘shti bilan tayyorlanganini ko‘rsa, sikboga solingan masalliqning ko‘pligi yoki kamligiga qarab ulug‘lik va amal topishiga dalildir.