Tushda kitob o’qish | Тушда китоб укиш

KITOB O‘QISH (KITOB XONDAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida tafsir kitobini o‘qiganini ko‘rsa, dinda taqvoli bo‘lishiga va to‘xtab qolgan ishlarining yurishib ketishiga dalil bo‘ladi. Agar tushida fiqhga oid kitob o‘qiganini ko‘rsa, qilinishi mumkin bo‘lmagan ishlardan qaytishiga dalildir. Agar hadis kitobini o‘qiganini ko‘rsa, podshoh oldida fikri o‘tadigan bo‘lishiga dalildir. Agar usul kitobini o‘qiganini ko‘rsa, foyda qiyinlik bilan hosil bo‘ladigan ishga mashg‘ul bo‘lishiga va dinda savob bo‘ladigan amalni qilishiga dalildir. Agar qissa kitobini o‘qiganini ko‘rsa, avliyo va anbiyolar so‘ziga harismand bo‘lishiga dalildir. Agar nujum kitobini o‘qiganini ko‘rsa, bu jahon yaxshiligi hosil bo‘lishiga dalildir. Agar nahv va odob kitoblarini o‘qiganini ko‘rsa, biror narsani qidirish va biror narsani tanish ishtiyoqida bo‘lishiga dalildir. Agar she’rlar kitobini o‘qiganini va she’rlar g‘azal va madhlardan iborat bo‘lsa, odamlar malomat qiladigan bir ish bilan mashg‘ul bo‘lishiga dalildir. Agar she’r na’t va tavhid haqida bo‘lsa, yaxshi bo‘lishiga dalildir. Agar ta’bir (tush) kitobini o‘qiganini ko‘rsa, bir ulug‘ odam so‘zlaridan minnatdor bo‘lishi va undan foyda topishiga dalildir. Agar tushida Hidoya kitobini o‘qiganini ko‘rsa, odamlar dono deb atashlariga bois bo‘ladigan amalga mashg‘ul bo‘lishiga dalildir, lekin din uchun foydasi bo‘lmaydi. Agar qozilik hukmlari haqidagi kitobni o‘qiganini ko‘rsa, safarga borishi va undan foyda topishiga dalildir. Agar hisob kitobini o‘qiganini ko‘rsa, doimo g‘amgin bo‘lishiga dalildir. Agar latifa va afsonalar haqidagi kitobni o‘qiganini ko‘rsa, xunuk bir ishni qilishiga dalildir. Agar hajv va nuqson haqidagi kitobni o‘qiganini ko‘rsa, odamlarning nuqsonini qidirish va odamlar orasida badnom bo‘lishiga dalildir.


Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *