Tushda tepalik | Тушда тепалик
TEPALIK (PUSHTA) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, agar tushida cho‘ldagi tepalik ustida o‘tirganini yoki tog‘dagi bir tepalik ustida o‘tirganini ko‘rsa, bir ulug‘ va martabali kishidan obro‘-e’tibor topishini bildiradi, biroq bu obro‘-e’tibor o‘sha tog‘ atrofidagi yerlarning kengligi mikdoriga bog‘liqdir. Agar o‘sha tepalikning ustida tik turganini ko‘rsa, bir ulug‘ kishiga yaqinlashishi mol va hurmat topishini bildiradi. Agar o‘sha tepalik o‘zining mulki va mavzei ekanini ko‘rsa, bir ulug‘ kishi unga qahr qilishi, molu ne’matini tortib olishi va uning o‘rniga o‘tirishini bildiradi. Agar o‘sha tepalikning qismi o‘ziniki ekanini ko‘rsa, shu qismning katta-kichikligiga qarab, ne’mat va ulug‘lik topadi. Agar o‘sha tepalikdan qulab tushsa yoki kimdir uni yiqitib yuborsa, bir ulug‘ kishi tomonidan behurmat qilinishini va zarar topishini bildiradi. Agar tepalikka zo‘r qiyinchilik bilan ko‘tarilayotganini ko‘rsa, unga g‘amu anduh yetishiga dalil bo‘ladi.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishlaricha, tushda tepalikni ko‘rmoq to‘rt narsani bildiradi: balandlikni; molni; quvvatni; sog‘liqni.