Tushda egar | Тушда эгар
EGAR (POLON) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi egar xotinni bildiradi. Agar egarga ega bo‘lganini yoki biror kimsadan pulga sotib olganini ko‘rsa, xotin olishi yoki kanizak sotib olishini bildiradi. Agar orqasida egar borligini ko‘rsa, xotinga bo‘ysunuvchi va farmonbardor bo‘lishiga dalildir. Agar egari yo‘qolganini ko‘rsa, xotinidan judo bo‘lishi yoki taloq qilishiga dalildir. Agar egari sinib qolganini ko‘rsa, xotini o‘ladi yoki bemor bo‘ladi. Agar egarining tilla yoki kumush bilan ziynat berilganini ko‘rsa, xotini xudbin va takabbur bo‘lishini bildiradi. Agar egarining qora ekanini va hech qanday ziynati yo‘q ekanini ko‘rsa, xotini porso va dindor bo‘lishiga dalildir.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, agar har kim tushida pokiza va yangi egarga ega bo‘lganini ko‘rsa, soliha va mastura ayolga uylanishini va undan xayru manfaat ko‘rishini bildiradi.
Agar qo‘pol va kir egarga ega bo‘lganini ko‘rsa, urushqoq va quloq solmaydigan xotin olishini va undan zararlar ko‘rishini bildiradi.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi egar yetti narsaga dalildir: ulug‘likka; izzatga; martabaga; rayosatga; yuksaklikka; yaqinlikka; ulug‘ odamga yetishishga.
Tushdagi egar yasovchi dallol ayol bo‘lib, dallollik uning ishidir. Vallohu a’lam bi-s-savob.
EGAR (ZIN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi egar, agar ulov ustida bo‘lmasa, ayolni bildiradi. Agar ulov ustida bo‘lsa, uning chiroyli va xunuk ekanligi egar sohibiga ta’bir qilinadi. Agar tushida egar sotib olganini yoki birov unga berganini ko‘rsa, kanizak sotib olishi yoki xotin olishi hamda ko‘p molga ega bo‘lishini, ehtimolki, merosga ega bo‘lishiga dalil bo‘ladi. Agar egari sinib qolganini ko‘rsa, xotini o‘ladi yoki bemor bo‘ladi. Agar egarining tilla yoki kumush bilan ziynat berilganini ko‘rsa, xotini xudbin va takabbur bo‘lishini bildiradi.
Agar egarining qora ekanini va hech qanday ziynati yo‘q ekanini ko‘rsa, xotini porso va dindor bo‘lishiga dalildir. Tushdagi egar yasovchi dallol ayol bo‘lib, dallollik uning ishidir. Vallohu a’lam bi-s-savob.
An-nobulsiy: U tushda g’am-tashvish va qiyinchiliklarning ketishi va safar taraddudini ko’rishga ishoradir.