Tushda qayla | Тушда кайла
QAYLA (QAYLA) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, suvsiz pishirilgan qayladan suvli pishirilgan qayla yaxshiroqdir.
Qaylaning ta’mi qancha shirin bo‘lsa, foydasi shunchalik ko‘proq bo‘ladi. Tushida semiz mol go‘shtidan qilingan qaylani ko‘rsa va undan yesa, o‘sha yili qo‘rquv va xavfdan omon bo‘lishiga dalildir. Agar barra yoki echki bolasini go‘shtidan qilingan qayladan yesa, ozgina mol topishiga dalildir.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida ot go‘shtidan qilingan qayladan yeganini ko‘rsa, podshoxdan qiyinchilik bilan mol hosil qilishiga dalildir. Agar tuya go‘shtidan qilingan qayladan yeganini ko‘rsa, ulug‘ bir odamdan mol topishiga dalildir. Agar baliq go‘shtidan qilingan qayladan yeganini ko‘rsa, hiyla bilan mol topishiga dalildir, agar tush egasi yomon odam bo‘lsa, g‘amu anduhga dalildir. Agar go‘shti harom bo‘lgan hayvonlarning go‘iggidan qilingan qayyani yeganini ko‘rsa, harom mol yeyishiga dalildir.