Koson tumani IIB boshlig‘i Shahrisabz IIBga boshliq etib tayinlandi
Qashqadaryo viloyati Koson tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Ulug‘bek Otaqulov yangi lavozimga tayinlangani munosabati bilan ichki ishlar vazirining buyrug‘i asosida lavozimidan ozod etildi, deb xabar beradi NasafNews.
Ma’lum qilinishicha, u Shahrisabz shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i etib tayinlangan. Koson tumani IIB tizimida Ulug‘bek Otaqulov yangi lavozimga kuzatilgan. Ta’kidlanishicha, tadbirda Qashqadaryo viloyat IIB boshlig‘i va Koson tumani hokimi uning qilgan mehnatlarini alohida e’tirof etgan.
Ma’lumot uchun, Ulug‘bek Otaqulov 1976-yil Qozog‘istonning Chimkent viloyatida tug‘ilgan. 2017-yildan hozirga qadar Qashqadaryo viloyati Koson tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.
Avvalrqo Navoiy va Andijon viloyati IIBga yangi boshliqlar tayinlangani, Toshkent shahar IIBBda tayinlovlar amalga oshirilgani, Uychi va Kosonsoy tumanlari IIBga boshliqlari o‘zgargani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Manba: Daryo.uz