Amerikalik erkak ayiq kostyumida piyoda 770 kilometr yo‘l bosdi (foto)

Amerikalik Jessi Larions ruhiy kasalliklarga qarshi kurashish yo‘lida ko‘proq mablag‘ yig‘ish maqsadida Los-Anjelesdan San-Fransiskoga ayiq kostyumida piyoda yo‘lga chiqdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Ta’kidlanishicha, tibbiyot kompaniyasining 33 yoshli xodimi o‘zi bilan telefon, fonar, paypoq va gigiyena vositalaridan tashqari hech narsa olmagan. U 12-aprel kuni yo‘lga chiqib, to‘qqiz kun ichida 770 kilometr yo‘l bosgan.

Bu vaqt davomida Larios GoFundMe sayti orqali kraudfanding kampaniyasini o‘tkazib, ruhiy kasalliklarga qarshi kurashish uchun mablag‘ to‘plagan. Unga qariyb 17 ming dollar xayriya qilingan bo‘lib, pullar Ruhiy kasalliklar bo‘yicha milliy alyansiga o‘tkazib beriladi.

Shuningdek, erkak o‘z sayohatini Instagram’da yoritib borgan. Jessining tan olishicha, safarga chiqish borasidagi qaror ancha impulsiv bo‘lgan va uchinchi kuni u bundan afsuslana boshlagan. Biroq o‘zini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib borayotgan odamlarning qo‘llab-quvvatlovi bilan u boshlagan ishini yakunlagan.

Jessi butun sayohati davomida birorta mehmonxonada to‘xtamagan, dam olishni istaganida esa yo‘l chetida uxlagan. Ayiq kiyimida erkak ko‘plab mahalliy sheriflarning e’tiborini tortgan. U erishilgan natija bilan cheklanib qolish niyatida emas va yaqin kunlarda Los-Anjelesdan Las-Vegasga, keyin — Los-Anjelesdan Nyu-Yorkka borishni rejalashtirmoqda.

Yangi start oldida u ayiq kostyumini takomillashtirib, uni ancha “nafas oluvchan” qilish niyatida.

Источник: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *