Italiyada pitssa tayyorlaydigan qurilma paydo bo‘ldi (foto)
Rimda pitssa tayyorlaydigan hamda sotadigan qurilma paydo bo‘ldi, deb yozadi “Rossiyskaya gazeta”.
Italiyaning Balonya markazi maydonlarining birida oddiy savdo avtomatiga o‘xshagan “Mr.Go.Pizza” deb nomlangan qurilma paydo bo‘ldi. Pitssamat yaratuvchisi uni qanday ishlashi haqidagi video bilan bo‘lishgan. Qurilmaning ichida mikser mavjud bo‘lib, o‘zi suv va undan xamir tayyorlaydi. So‘ngra uni tekis va dumaloq shaklda yoyib, xaridor tanlagan mahsulotlarni xamir yuzasiga joylashtiradi va 380 darajada pishiradi. Tayyor bo‘lgach qutiga solib, xaridorga topshiradi. Pitssaning tayyor bo‘lishi uchun umumiy uch daqiqa vaqt ketadi.
Shuningdek, pitssa tayyorlovchi qurilma to‘rtta variantni taklif qiladi: “Margarita”, “To‘rt pishloq”, “Iblis” va “Panchetta”. Pitssaning narxi 4,5-6 yevrogacha bo‘lib, Rimda oddiy pitssalarning narxi bundan ikki baravar yuqori.
Ta’kidlanishicha, ushbu yangilik mahalliy aholining barchasiga ham yoqmagan. Ularning fikriga ko‘ra, bu kabi pitssamatlar ko‘plab restoranlarning yopilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Источник: Daryo.uz