phpMyAdmin da o’zgartirish imkoni bo’lmagan SQL tablitsani o’zgartirish.
MySQL ma’lumotlar bazasida ba’zi tablitsadagi ma’lumotlarni o’zgartirish kerak bo’lganida, phpMyAdmin-dan foydalanishda quyidagicha habarni uchratamiz:
Данная таблица не содержит уникального столбца. Изменение сетки, выставление галочки, редактирование, копирование и удаление не доступно.
Habar asosan rus tilida ko’rinadi. Inglizchada esa bu habar quyidagicha bo’ladi:
This table does not contain a unique column. Grid edit, checkbox, Edit, Copy and Delete features are not available.
Buni quyidagi sql so’rovini yuborish orqali hal qilishingiz mumkin:
ALTER TABLE tablitsa_nomi add newid INT UNSIGNED NOT NULL AUTO_INCREMENT PRIMARY KEY FIRST;
Bu so’rov o’zgartirib bo’lmas jadvalga satr raqamlarini aniqlashingiz mumkin bo’lgan noyob ustun qo’shadi.
Jadval tuzilishini o’zgartirmaslik uchun men kerakli sql ma’lumotlarini so’rov bilan o’zgartirdim. Masalan:
UPDATE tablitsa_nomi SET serv='131' WHERE user='767' AND date='2016-02-04' AND serv='64';
Barchasi shular edi. Yuqoridagi xabar phpMyAdmin orqali ma’lumotlarni o’zgartirish mumkin emasligini, ammo sql so’rovini bajarish orqali o’zgartirish mumkinligini ko’rsatadi.
Maqola muallifi: Shohjahon Mahammadjonov