Tushda kamon, yoy | Тушда камон, ёй

KAMON, YOY (KAMON) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushida kamonni o‘qsiz tortayotganini ko‘rsa, safarga borib, foyda bilan qaytishiga dalildir. Agar kamonni tortayotganda ipi uzilib ketganini ko‘rsa, safari tugamasligi, balki yo‘lda ziyon yetishiga dalildir. Tushida bir odamning unga kamon berganini ko‘rsa, o‘g‘il yoki uka tug‘ilishiga dalildir. Agar tushida kamoni sinib qolganini ko‘rsa, izzat va ulug‘likdan tushishini yoki molidan biror narsa yo‘q bo‘lishini bildiradi. Tushida kamondan o‘q otganini ko‘rsa, bir ulug‘ odamdan uning uchun maktub kelishiga dalildir. Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida kamondan o‘q otganini ko‘rsa, o‘q to‘g‘ri va egriga ketgani kabi rost va yolg‘on so‘z aytishiga dalildir. Tushida o‘zi uchun kamon tayyorlaganini ko‘rsa, Ajam podshohidan unga sharaf va ulug‘lik hosil bo‘lishiga yoki ajamlik ayolga uylanib, undan o‘g‘il ko‘rishiga dalildir. Tushida kamondan o‘q ota olmaganini ko‘rsa, unga podshoxdan yoki uylangan ayolidan foyda yetmasligiga dalildir. Tushida kamonini sotib yuborganini yoki birovga berib yuborganini ko‘rsa, uning izzat va obro‘yiga nuqson yetishiga dalildir. Ba’zilarning aytishicha, kamon umrning uzoqligiga dalildir. Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida yangi va toza kamoni borligini ko‘rsa, xotin olishiga dalildir. Tushida kamonni tortganini ko‘rsa, doimo yashaydigan ayolni bildiradi. Agar kamoni yo‘qolganini ko‘rsa, xotinidan judo bo‘lishini bildiradi. Tushida kamoni qattiq ekanini, biroq otadigan paytda yumshoq bo‘lib qolganini ko‘rsa, ayolni nikohiga olishi va bu ish oson ko‘chishiga, agar safarga chiqsa, safarning muborak bo‘lishi va safardan maqsadga yetishiga dalildir. Kamonning bo‘shligini, otadigan vaqtda qotganini ko‘rsa, ta’biri aksincha bo‘ladi. Agar tushida kamonni o‘z qo‘li bilan o‘zi uchun tayyorlaganini ko‘rsa, ishlari soz bo‘lishiga dalildir. Tushida kamonni sotganini va kamon uchun dinor va diram olganini ko‘rsa, dinorni dindan ustun qo‘yganini bildiradi. Agar kamonning bahosi diramdan o‘zga narsa bo‘lmaganini ko‘rsa, murodi hosil bo‘lishini bildiradi. Tushida unga kamon hadya qilganlarini ko‘rsa, tezda xotin olishiga va dushman ustida zafar topishiga dalildir. Tushida o‘zi tortmasa ham, biroq tortilgan kamonni unga berganlarini ko‘rsa, umri uzoq bo‘lishiga dalildir. Agar kamonni kamondonga solganini ko‘rsa, dunyodan ketishini bildiradi. Tushida kamonlari ko‘p ekanini ko‘rsa, qiyin paytda dodiga yetadigan do‘stlari ko‘p bo‘lishiga dalildir. Tushida toza va yangi kamoni borligini ko‘rsa, yaxshi xulq, toat va hasanotlar qilishi, Hajga borishi, shu kabi ishlar bilan Alloh ta’ologa yaqin bo‘lishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: So‘ngra yaqinlashib, pastladi. Bas, (Muhammadga) ikki kamon oralig‘idek yoki (undan ham) yaqinroq bo‘ldi (Najm surasi, 8 —9-oyatlar). Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi kamon olti narsaga dalil bo‘ladi: safarga; farzandga yoki aka-ukaga; xotinga; quvvatga; yaxshi fe’llarga va yaxshi kishiga.


Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *