Tashqi jihatdan bir-biriga o‘xshash bo‘lgan yulduzli juftliklar (foto)
Aytishlaricha, tashqi ko‘rinishidan bir-biriga o‘xshash sevishganlar eng baxtli insonlardir. Darhaqiqat, ko‘plab yulduz juftliklarda tashqi o‘xshashlikni payqash mumkin.
Nikol Kidman va Kit Urban
Nikol va Kit 2006-yilda turmush qurgan bo‘lib, hozirda ikki qizni tarbiyalashmoqda. Ota-onalikkacha bo‘lgan yo‘l juftlik uchun oson bo‘lmagan. Ommaviy axborot vositalarining ularning ajrashib ketishi haqida xabarlari esa mish-mishligicha qolmoqda.
Kristina Orbakayte va Mixail Zemsov
Kristina Orbakayte va Mixail Zemsov 2005-yilda turmush qurgan. Er-xotin onasining mashhurligi orqasidan Instagram yulduziga aylangan qizi Klaudiyani birgalikda tarbiyalashmoqda, shuningdek, qo‘shiqchining avvalgi turmushidan ikki o‘g‘li ham bor.
Jastin Timberleyk va Jessika Bil
Jastin 5 yillik munosabatlardan keyingina 2012-yilda Jessikaning qo‘lini so‘ragan. 2015-yilda esa ularning birinchi farzandi tug‘ildi va yaqinda er-xotin yana ota-ona bo‘ladi.
Yelizaveta Boyarskaya va Maksim Matveyev
Yelizaveta va Maksim 2010-yildan beri bir oila bo‘lib, ikki o‘g‘li — 8 yoshli Andrey va hali 2 yoshga to‘lmagan Grishani tarbiyalashmoqda. Karantin paytida juftlik munosabatlarni saqlab qolish uchun birgalikda harakat qildi.
Krissi Teygen va Jon Lejend
Krissi Teygen va Jon Lejend 2013-yilda turmush qurgan va shu vaqtdan beri ular bir-birlariga bo‘lgan muhabbatlarini tan olishdan charchamaydilar. Er-xotin o‘g‘il va qizini tarbiyalashmoqda. Bundan bir necha yil avval qizi Luna atigi bir oylik bo‘lganida, er-xotin o‘zlari uchun bir soatlik romantik uchrashuv tashkil qilgan. Krissining ta’kidlashicha, ota-onasi baxtiyor bolaning o‘zi ham baxtli bo‘ladi.
Leonid Agutin va Anjelika Varum
2000-yildan beri Leonid Agutin va Anjelika Varum bir oila bo‘lib yashamoqda. Ularning merosxo‘ri Yelizaveta allaqachon ulg‘aygan va ota-onasining izidan borib, o‘zining musiqiy karyerasini faol rivojlantirmoqda.
Jizel Byundxen va Tom Bredi
Jizel va Tom 2009-yilda turmush qurgan, juftlik ko‘pincha o‘g‘li Benjamin, qizi Vivian va Tomning avvalgi turmushidan bo‘lgan o‘g‘li Jon bilan vaqt o‘tkazadi. 2016-yilda matbuotda er-xotin ajrashmoqchi ekani to‘g‘risida xabarlar paydo bo‘ldi. Nikohlarini saqlab qolish uchun supermodel nafaqat psixologga murojaat qilgan, balki muammolarni hal qilish uchun ekstrasensni ham jalb qilgan, natijada oila saqlab qolingan.
Dmitriy va Yelena Malikova
Dmitriy va Yelena 2000-yilda oila qurgan, hozirda ular qizi Stefani va o‘g‘li Markni tarbiyalamoqda. Yelenaning oldingi nikohidan voyaga yetgan Olga ismli qizi ham bor. Mashhur ota-onalar uch nafar farzandini ham birdek yaxshi ko‘radi.
Dmitriy Xaratyan va Marina Mayko
Juftlikning nikoh to‘yi 1993-yilda bo‘lgan va 5 yildan so‘ng uzoq kutilgan farzand — Ivan tug‘ildi. Dmitriy turmush o‘rtog‘i uni noto‘g‘ri yo‘ldan saqlab qolganini tan oladi. “Biz u bilan uchrashganimizda ichkilik sababli men o‘zimni boshqara olmas edim. Shu uch yil o‘tgach, men boshqa odam bo‘lib uyg‘ondim”, — deydi aktyor o‘zining tarjimayi holidagi qiyin davrlarni eslab. Marina erini davolash uchun qo‘lidan kelgancha harakat qilgan va suhbatlardan tortib, shifokorlargacha bo‘lgan barcha usullarni qo‘llagan.