Tushda dunyo ishlarini qilish | Тушда дунё ишларини килиш
DUNYO ISHLARINI QILISH (KORI DUNYO KARDAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida dunyo ishlarini qilib yurganini ko‘rsa, dinining nuqsoni va noqisligiga dalildir. Agar tushida din ishlarini qilib yurganini ko‘rsa, dinining sozligiga va u dunyo ahvoli ham yaxshi bo‘lishligiga dalildir. Tushida dunyo ishlari soz bo‘lganini ko‘rsa, ajali yaqin ekaniga dalildir. Agar buning aksi bo‘lsa, umrining ziyoda bo‘lishiga dalildir. Agar tushida o‘ziga ham, birovga ham foydasi yo‘q ishga mashg‘ul bo‘lganini ko‘rsa, foydasi bo‘lmagan bir ish bilan mashg‘ul bo‘lishiga dalildir.
Пример HTML-страницы