Tushda g’alvir | Тушда галвир
G‘ALVIR (G‘ARBOL) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi g‘alvir muloyim xizmatkordir. Agar tushida g‘alviri borligini ko‘rsa, unda xizmatkor paydo bo‘lishiga dalildir. Agar g‘alviri sinib qolganini ko‘rsa, xizmatkorining qochib ketishi yoki o‘lishiga dalil bo‘ladi.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida g‘allani g‘alvir bilan tozalayotganini ko‘rsa, odamlar foyda ko‘radigan bir ish qilishiga va o‘zi esa zarar ko‘rishiga dalildir. Agar tozalayotgani o‘zi uchun bo‘lsa, foyda topishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi g‘alvir uch narsani bildiradi: xizmatkorni; do‘stni; ziyrak shogirdni.