Tushda kaklik | Тушда каклик
KAKLIK (KABK) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi kaklik chiroyli ayol yoki kanizak bo‘ladi. Agar tushida kaklikni tutib olganini ko‘rsa, uylanishiga dalildir. Agar tushida unga kaklik hadya qilganlarini ko‘rsa, unga chiroyli xotin topib berishlariga dalildir. Agar kaklikni ovda tutib olganini ko‘rsa, chiroyli kanizakni qo‘lga kiritishiga dalildir. Agar tushida kaklik go‘pggini yeganini ko‘rsa, yangi libos hosil qilishiga dalildir. Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi nar kaklik o‘g‘il, moda kaklik esa nomuvofiq kanizak bo‘ladi. Agar tushida kaklik uning qo‘lidan uchib ketganini ko‘rsa, xotinini taloq qilishi yoki kanizagining qochib ketishiga dalildir. Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi kaklik to‘rt narsani bildiradi: o‘g‘ilni; do‘stni; shodlikni; ko‘ngil xohlagan narsa va maqsadni.
Пример HTML-страницы