Tushda kalta nayza, nayza | Тушда калта найза, найза

KALTA NAYZA (HARBA) — HARBA — bu kalta nayzadir. Agar tushida kalta nayzaga ega ekanini ko‘rsa, farzand tug‘ilishiga dalildir. Agar xotini bo‘lmasa mol topadi. Agar kalta nayza bilan birgalikda boshqa qurollarga ham ega ekanini tush ko‘rsa, ulug‘lik va obro‘ topishiga dalildir. Agar podshoh unga kalta nayza berganini ko‘rsa, podshoxdan manfaat yetishini bildiradi. Agar o‘zining kalta nayzasini birovga berganini ko‘rsa, unga o‘sha kishidan biror narsa yetishiga dalildir. Agar qo‘lida kalta nayza borligini va u kalta nayza singanini ko‘rsa, dushman ustidan zafar topishini bildiradi.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushdagi kalta nayza olti narsani bildiradi: manmanlikni; valiylikni; umrni; zafarni; rahbarlikni va manfaatni.

 

NAYZA (NAYZA) — Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, har kim tushida nayza hamda boshqa qurollari borligini ko‘rsa, ulug‘ligi va iqbol topishiga dalildir, chunonchi uning farmonlari viloyatlarda o‘tadigan bo‘ladi. Agar nayzadan boshqa hech qanday quroli bo‘lmasa, ayoli farzand tug‘ishi yoki aka yoxud uka tug‘ilishiga dalildir. Agar nayzasi singanini ko‘rsa, farzandi, aka yoki ukasi o‘lishiga dalildir. Tushida nayzasini birov olib qo‘yganini ko‘rsa, ishi og‘ir bo‘lishiga dalildir. Tushida birovning nayza urib, yarador qilganini ko‘rsa, odamlarni g‘iybat qilishiga dalildir. Tushda ko‘rilgan nayza odamlar ustidan zafar va quvvatni bildiradi. Tushida nayzaning uchi qo‘lida turganini ko‘rsa, yaxshi ishlarni qiluvchi musofir odam bilan suhbatdosh bo‘lishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi nayza sakkiz narsaga dalildir: quvvatga; safarga; martabaga; xotinga; farzandga; omonlikka; qodirlikka; to‘g‘rilikka.
Tushdagi nayza yasovchi odamlarga yordam beradigan va undan har qanday odamga ko‘mak yetadigan kishidir.

NAYZA (ZUBIN) Ibn Sirinning aytishicha, agar qo‘lida nayza borligini ko‘rsa va nayzadan boshqa narsa yo‘q bo‘lsa, farzand tug‘ilishiga dalildir. Agar nayza bilan birga boshqa qurollar ham borligini ko‘rsa, podshohdan unga yaxshilik va foyda yetishi hamda dushman ustidan g‘alaba qazonishiga dalildir.
Jobir Mag‘ribiyning aytishicha, agar nayzani otganini ko‘rsa, birovga qo‘pol so‘z aytishiga dalildir. Agar nayza bilan birovni yarador qilganini ko‘rsa, birovga bo‘hton qilishiga dalildir.

NAYZA (SINON) Ibn Sirinning aytishicha, agar tushida bir odamga nayza sanchganini ko‘rsa, dushman ustidan g‘alaba qilishiga dalildir. Agar nayzasi singanini yoki yo‘qolib qolganini ko‘rsa, ta’biri aksincha bo‘ladi.
Kirmoniyning aytishicha, po‘latdan qilingan yaltiroq nayzasi borligini ko‘rsa, agar o‘zi nayza otuvchilar ahlidan bo‘lsa, ulug‘ bir odamdan foyda topishiga dalildir. Agar nayzasi zanglaganini ko‘rsa, ozgina foydaga dalildir.
Hazrati Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi nayza olti narsani anglatadi: hujjat; ulug‘lik; uzoq umr; g‘alaba qilish; rayosat; nayzaning qadru qiymatiga muvofiq foyda.
Agar tushida biror kishiga nayza urganini va nayza uning taniga teshib kirganini ko‘rsa, o‘sha zaxm mikdoriga bu kishiga dushmanning dushmanligi borligiga dalildir.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushda nayza urish yomon so‘z aytishni bildiradi. Agar tushida nayza urganini va urgan joyi yara bo‘lganini ko‘rsa, o‘zi haqida aytilgan so‘zdan dard tortishiga dalildir.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *