Tushda kindik | Тушда киндик

KINDIK (NOF) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi kindik xotin yoki qo‘l ostidagi kanizak bo‘ladi. Tushida kindigi tushib qolganini ko‘rsa, xotinini taloq qilishi yoki kanizagining o‘lishiga dalildir. Tushida kindigining kesilganini ko‘rsa, xotinining o‘lishi va barcha ishlarining izdan chiqishiga dalildir. Tushida kindigi kichrayib qolganini ko‘rsa, ta’biri buning aksiga bo‘ladi. Tushida kindigida teshik paydo bo‘lganini ko‘rsa, ahvolida nuqson paydo bo‘lishiga dalildir. Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida kindigi yoki ko‘kragida chiziqqa o‘xshab mo‘y chiqqanini ko‘rsa, Payg‘ambar (s.a.v.) sunnatlarini bajarishga rag‘batli bo‘lishiga dalildir. Tushida kindigining tomiri kesilganini ko‘rsa, ota yoki onasidan judo bo‘lishini bildiradi. Agar kindigidan to qornigacha yorilganini ko‘rsa, dono va bilimdon bo‘lishiga dalildir, biroq boyligi ketadi. Ismoil Apgas (r.a.)ning aytishicha, tushida birovning kindigini kesganini va yeb yuborganini ko‘rsa, uning mikdoricha mol yo‘q bo‘lishiga dalil bo‘ladi. Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi kindik besh narsaga dalildir: chiroyli xotinga; kanizakka; boylik va rizqqa; o‘g‘ilga va ota va onaga.


Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *