Tushda kovush, kafsh | Тушда ковуш, кафш

KOVUSH, KAFSH (NA’LAYN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida kovushining teshilib qolganini ko‘rsa, biror sabab bilan safardan qolishiga va ranj tortishiga dalildir. Tushida kovushining yashil rangdaligini ko‘rsa, safari oxirat uchun ekaniga dalildir. Agar kovushi yo‘qligi uchun safardan qolganini ko‘rsa, kanizak topishiga dalildir. Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida kovushi qora ekanini ko‘rsa, moldor ayolga dalildir. Agar qizil bo‘lsa, o‘sha ayol ishratni va shodlikni yaxshi ko‘rishiga dalildir. Tushida kovushi oq ekanini ko‘rsa, o‘sha ayol porso va toza yuzli ekaniga dalildir. Agar kovushi har xil rangda bo‘lsa, aytilgan ranglardagi sifatlardan unda mavjud bo‘lishiga dalildir. Agar kovushi mol terisidan ekanini ko‘rsa, o‘sha ayol asli ajam ekaniga dalildir. Agar tuya terisidan ekanini ko‘rsa, o‘sha ayolning asli arab ekaniga dalildir. Yurib ketayotgandan kovushi tushib qolganini yoki yo‘qolib qolganini ko‘rsa, uning terisiga nimadan ekaniga qaraladi, agar tuya terisidan bo‘lsa, xotini bemor bo‘lishiga dalildir. Ismoil Ash’as (r.a.)ning aytishicha, tushida kovushi yirtilganini ko‘rsa, yuqoridagi ta’birga aloqali bo‘ladi. Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi na’layn (kovush) uch narsaga dalildir: safarga; xotinga va kanizakka.


Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *