Tushda xutba o’qimoq | Тушда хутба укимок

XUTBA O‘QIMOQ (XUTBA XONDAN) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, har kim minbarda xutba o‘qiyotganin ko‘rsa, o‘zi ahli xitobat (xutba ahli) dan bo‘lsa, izzat va obro‘ egasi bo‘lishiga dalildir, bordi-yu, ahli xitobatdan bo‘lmasa, safarga borishi, uzoq turib qolishi va xavfu qo‘rqinch bo‘lishini bildiradi.
Aytishlaricha, boy bo‘lsa, kambag‘alga aylanadi. Bedin odam tushida xutba o‘qiyotganini ko‘rsa, musulmon bo‘lishi yoki o‘limiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, podshoh tushida xutba o‘qiyotganini ko‘rsa, agar u solih odamlardan bo‘lsa, adolat bilan ish tutishiga dalildir, yomon odam bo‘lsa, tavba qilishiga dalildir. Agar xotin kishi tushida minbarga chiqib, xutba o‘qiyotganini va odamlarga pandu nasihat qilayotganini ko‘rsa, erining rasvo va sharmanda bo‘lishini bildiradi.
Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, tushida nikoh xutbasini o‘qiyotganini ko‘rsa, hamma odamlarga yaxshilik qilishi, foyda va yaxshiliklar ko‘rishiga dalildir.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *