Tushda ko’ylak | Тушда куйлак

KUYLAK (PIROHAN) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi oq ko‘ylak din bo‘ladi. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, ko‘ylak — ayol bo‘ladi, yana kasbu maishatdagi ahvolni bildiradi. Agar yangi va keng ko‘ylak kiyganini ko‘rsa ishlarining yaxshi bo‘lishini va ahvolining yaxshilanishini bildiradi. Agar ko‘ylagining bir parchasi yirtilib ketganini ko‘rsa ta’biri yomonlik va yaxshilikda o‘rtacha bo‘lishiga dalildir. Agar ko‘ylagining eski va kir bo‘lganligini ko‘rsa xorlik va bechoralik va ranju g‘am yetishiga dalildir, ko‘ylak qanchalik eski va yirtiq bo‘lsa balo va musibat shunchali ko‘p bo‘lib, tush sohibining halok bo‘lishini bildiradi. Agar podshoh unga o‘z ko‘ylagini berganini ko‘rsa, podshohlikni undan olinishiga dalildir. Kirmoniy (r.a.) aytadiki, har kim tushida yangi ko‘ylak kiyganini ko‘rsa, zohiran yaxshi, botinan yomon bo‘lishini bildiradi. Agar ko‘ylagi va ipggoni, umuman barchasi, kir va eski ekanini ko‘rsa, boy bo‘lsa kambag‘al bo‘lishi, g‘amu anduhga giriftor bo‘lishini bildiradi. Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, har kim tushda yangi va keng ko‘ylak kiyganini ko‘rsa, maishati keng bo‘lishini, ko‘ylagi tor bo‘lsa maishati tor bo‘lishini bildiradi. Agar ko‘ylagi yirtilganini ko‘rsa, siri fosh bo‘lishiga dalildir. Agar yoqasiz va yengsiz ko‘ylak kiyganini ko‘rsa, ajali yaqin qolganini bildiradi. Agar uzun ko‘ylak kiyganini ko‘rsa, ishlari yomon bo‘lishi, lekin murodiga yetishishini bildiradi. Agar yoqasiz orqa tomondan yirtilganini ko‘rsa, unga yolg‘on tuhmat qilishlariga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Bordiyu ko‘ylagi orqa (tomon)dan yirtilgan bo‘lsa, u (Zulayxo) yolg‘on so‘zlagan, u esa rostgo‘ylardandir (Yusuf surasi, 27-oyat). Agar birovga ko‘ylak berganini ko‘rsa, g‘amdan qutulishi va biror yerdan xushxabar yetishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Sizlar mana bu ko‘ylagimni olib borib, otamning yuziga tashlangiz, shunda uning ko‘zlari sog‘ayur. . . (Yusuf surasi, 93-oyat). Agar qo‘lida qonga bo‘yalgan ko‘ylak borligini ko‘rsa, uzoq yillar g‘am va qayg‘uda qolishini bildiradi. Agar yirtilgan ko‘ylak kiyganini ko‘rsa, ishlari parokanda va sirlari oshkor bo‘lishini bildiradi. Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushdagi ko‘ylak yangi va keng bo‘lsa, olti narsaga dalil bo‘ladi: odamlar bilan muloqot qilishga; yashirin holatga; yoqimli hayot kechirishga; rahbarlikka; shodu xurramlikka va xushxabarga.


Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *