Tushda lavhi mahfuz | Тушда лавхи махфуз

LAVHI MAHFUZ Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi Lavhi Mahfuz o‘z molini Xudoyi ta’olo yo‘lida sarf etadigan omonatkor kishidir. Tushida Lavhi Mahfuzni kichik va xor holda ko‘rsa, ahvoli yomon bo‘lishiga dalildir. Agar Qalam bilan Lavhi Mahfuzga biror narsa yozganini ko‘rsa, ishlari yaxshi bo‘lishiga dalildir. Tushida Lavh ustida ketayotganini ko‘rsa, bir ulug‘ podshoh bilan bir ishga mashg‘ul bo‘lishi va farmonni ijro etuvchi bo‘lishiga dalildir. Tushida o‘z nomining Lavhi Mahfuzga yozib qo‘yilganini ko‘rsa, ajali yetganiga dalildir. Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushda Lavhi Mahfuzni ko‘rish olti narsaga dalildir: ziyoda bo‘lishiga, o‘g‘ilga, ilmga, hidoyatga, farmon ijrosiga, ilmu hikmatga.


Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *