Tushda meva | Тушда мева
MEVA (MEVA) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi meva nordon va shirin bo‘lsa, xayru barakatga dalildir. Agar xom va achchiq bo‘lsa, behuda va sovuq so‘zlarga dalil bo‘ladi. Tushdagi qora uzum, oxo‘ri va zaytun g‘amu anduhga dalildir. Tushida daraxtdan meva terib olganini ko‘rsa, uning mikdoricha bir ulug‘ odamdan mol topishiga dalildir. Tushida o‘tirib olib daraxtdan meva terayotganini ko‘rsa, topgan narsasi halol va loyiq bo‘lishiga dalildir. Tushida qo‘lini daraxtga uzatmasa ham, daraxtdan mevaning uzilib tushganini ko‘rsa, mashaqqatsiz halol mol topishiga dalildir. Agar daraxtdan meva uzib olganini ko‘rsa, agar bu o‘z vaqtida bo‘lsa, zarar emas, halol rizqqa dalil bo‘ladi, agar bevaqt bo‘lsa, ta’biri aksincha bo‘ladi. Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, har qanday meva bo‘lmasin, tushda uni o‘z faslida ko‘rsa va yesa, uning mikdoricha boylik topishiga dalil bo‘ladi, agar o‘z faslida bo‘lmasa, moli tirqirab ketishiga dalildir. Har bir daraxtdan mevasi daraxtning yaxshi yoki yomonligiga bog‘liq bo‘ladi. Sariq rangli mevalar bemorlikka dalildir, faqat sariq mevalardan turunj, behi va o‘rik bundan mustasnodir. Nordon mevalar g‘amu anduh bo‘ladi. Yangi mevalar, agar yetilib pishgan va shirin bo‘lsa va o‘z vaqtida ko‘rilsa, halol rizqqa dalil bo‘ladi. Yetilmagan yoqimsiz mevalar harom mol yoki g‘amu musibatga dalil bo‘ladi. Tushida yozgi mevani qishda yeganini ko‘rsa, bemor bo‘lishini bildiradi. Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi shirin meva, agar bevaqt ko‘rilsa, g‘amu anduhni bildiradi. Tushida tomoqni oladigan (o‘ta shirin) meva o‘z vaqtida ko‘rilmagan bo‘lsa, ishlarning izdan chiqishiga va maishatining torayishiga dalildir. Tushdagi ko‘proq, xushbo‘yroq va shirinroq bo‘lgan har qanday mevaning xayru manfaati ko‘proq bo‘ladi. Ismoil Apgas (r.a.)ning aytishicha, tushida meva sotayotganini ko‘rsa, agar u odamlar sevadigan meva bo‘lsa, ulug‘ bir ishga mashg‘ul bo‘lishiga dalildir. Tushida nordon va yoqimsiz meva sotayotganini ko‘rsa, g‘am, anduh va ranj bo‘ladi. Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushida mevafurushlik qilganini, mevalari yoqimli va shirin ekanini ko‘rsa, zarar va yomon bo‘ladi.
Пример HTML-страницы