Tushda narsalarning qaltirashi yoki silkinishi | Тушда нарсаларнинг калтираши ёки силкиниши

NARSALARNING QALTIRASHI YOKI SILKINISHI (LAR
ZIDONI ChIZHO) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida osmon silkinganini ko‘rsa, o‘sha diyorda fitna, zulm va fasod ko‘p bo‘lishiga dalildir. Agar Quyosh va Oyning silkinganini ko‘rsa, o‘sha diyor podshohsiga ranj va zarar yetishiga dalildir.
Tushida yulduzlarning silkinishini ko‘rsa, podshoh yaqinlarining orasida to‘palon yuz berishiga dalildir. Agar Yerning silkinishini ko‘rsa, fitna va ofatga dalil bo‘ladi. Agar tushida tog‘ning silkinishini ko‘rsa, o‘sha diyor podshohiga zarar yetishiga dalildir.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, gushida Arshning silkinishini ko‘rsa, olimlar buzukdigi va bediyonat ekaniga dalildir.
Agar Lavh va Qalamning silkinishini ko‘rsa, dabirlar va ilm ahllarining ahvoli yomon bo‘lishiga dalildir. Agar tushida yetti qavat osmonning silkinishini ko‘rsa, Haq subhonahu va ta’oloning g‘azabi va azobiga o‘sha diyor ahlining duchor bo‘lishiga dalildir. Agar tushida Oy va Quyosh yulduzlar tomon silkinayotganini ko‘rsa, o‘sha diyor podshohining qatli va qon to‘kishiga dalildir. Tushida podshohning uyi yoki ko‘shki silkingayaini ko‘rsa, o‘sha mavze ahliga qiyinchilik va ofatlar yuzlanishiga dalildir. Tushida badani silkinayotganini ko‘rsa, musibat va fasodga dalildir.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *