Tushda o’lmoq | Тушда улмок

TUSHDA O‘LMOQ (MURDANDARXOB) Tushida o‘lib qolganini, odamlar yig‘layotganini yoki uni bog‘lab, kafanga olganlarini, tobutga solib, go‘rga ko‘yganlarini ko‘rsa, bularning barchasi dinda nosozlikning dalilidir. Agar uni go‘rda tiriltirib, tashqariga chiqarayotgan bo‘lsalar, ta’biri boshqacha bo‘ladi.
Tushida uni dafn qilganlarini, go‘riga tuproq bosganlarini, odamlar orqaga qaytganlarini ko‘rsa, dini hech qachon tuzalmasligiga dalildir. Ba’zilarning aytishicha, tushida o‘lsa, tezda janoza o‘qib, tobutga solganlarini, tobuti orqasidan ko‘plab odamlarning ketayotganini ko‘rsa, sharaf va ulug‘lik topishiga, boshliq bo‘lishiga, biroq odamlarga zulm qilishiga dalildir. Agar tushida o‘lganini, yana qaytib tirilganini ko‘rsa, qilgan gunohiga tavba qilishini bildiradi. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, umri uzoq bo‘ladi. Tushida birov, sen hechqachon o‘lmaysan, deganini ko‘rsa, g‘azoda shahid bo‘lishiga dalildir. Tushida o‘lganini, bir odam unga qarayotganini, tobuti orqasida hech kim yo‘qligini ko‘rsa, xarob bo‘lgan uyi hechqachon obod bo‘lmasligiga dalildir. Tushida o‘zini o‘liklar orasida ko‘rsa va o‘zini o‘lgan deb tasavvur qilsa, johil odamlar bilan safar qilishini bildiradi.
Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, har kim o‘zini yaxshi odamlar nazarida qanday ekanini bilmoqchi bo‘lsa, agar murdalar tushda unga bashorat bersalar, u bilan yaxshi so‘zlashsalar, ochiq yuzli bo‘lsalar, demak uning holi Haq ta’olo qoshida yaxshi bo‘ladi.
Agar murdalar unga noxush so‘zlarni aytsalar, undan yuz o‘girsalar, uning holi Xaq ta’olo oldida yomon ekaniga dalildir.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushidagi nogohoniy o‘lim mo‘’min kishi uchun rohat, kofir uchun azobdir. Agar nogohoniy bo‘lmasa, dinning buzilishiga dalildir. Tushda jon berishning qanchalik og‘ir bo‘lganini ko‘rsa, azob va uqubat shunchalik kuchli bo‘lishini bildiradi. Tushida o‘lganini va kimdir uni yuvganini ko‘rsa, tavba qiluvchi bo‘lishiga dalildir. Tushida tobuti orqasidagi odamlar havoda ketayotganlarini ko‘rsa, o‘sha shahardagi bir ulug‘ odam safarda o‘lishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida o‘lganini va uni tobutga solganini, xalq tobuti orqasidan ketayotganlarini ko‘rsa, o‘ziga yarasha ulug‘lik topishiga dalildir. Agar murda tobutda og‘ir bo‘lsa, odamlarga nisbatan zolim va qahrli bo‘lishiga dalildir. Agar murda tobutda yengil ekanini ko‘rsa, xalqqa yaxshilik qilishiga dalildir. Agar o‘likni yelkasida ko‘tarib olib ketayotganini ko‘rsa, harom mol topishiga dalildir. Tushida birovning o‘lganini, uni tobutga solganini va tobutni yelkaga olganlarini ko‘rsa, o‘sha odamning podshoh xizmatiga kirishi va undan rohatu foyda ko‘rishiga dalildir. Agar o‘lib, so‘ng tirilganini ko‘rsa, u yashayotgan shahar xarob bo‘lishiga dalildir. Agar yana qaytib o‘lganini ko‘rsa, uning farzandlaridan kimdir o‘lishiga dalildir. Tushida farzandlaridan biri o‘lib qolganini ko‘rsa, boy bo‘lishini bildiradi. Yana, dushmandan omon bo‘ladi, ham deyishadi. Tushida ota va onasi o‘lib qolganini qo‘rsa, ishlari vayron bo‘lishiga dalildir. Agar ayol kishi tushida homilador ekanini so‘ng o‘lib qolganini, odamlar unga yig‘lashayotganini ko‘rsa, o‘g‘il tug‘ilishiga dalildir.
Ismoil Apgas (r.a.)ning aytishicha, tushida o‘lik yana bir marta o‘lganini, o‘likka baqirib yig‘lashmayotganini, balki ohista yig‘izori bo‘layotganini ko‘rsa, o‘sha oiladan bir ayolga uylanishiga va shodu xurramlik bo‘lishiga dalildir. Agar tushida o‘lsa, ayollar va erkaklar dodlashib yig‘layotganini ko‘rsa, oilasiga g‘am va anduh yetishiga dalildir. Agar ayol kishi o‘zining o‘lganini, yuvishganini va tobutga solishganini ko‘rsa, yaxshi so‘zlar aytishiga dalildir. Agar uni dafn qilishganini ko‘rsa, yomon bo‘ladi.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *