Tushda oq burgut | Тушда ок бургут
OQ BURGUT (SHOHIN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida oq burgutni tutib olganini yoki birov berganini va u mute bo‘lsa, unga podshoxdan yoki bir ulug‘ zolim odamdan foyda va obro‘ yetishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi oq burgut o‘ta dono kishidir. Agar oq burgutni ushlab olganini yoki birov unga berganini ko‘rsa, dono bir kishi bilan suhbat qurishi va undan xayru manfaat ko‘rishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi oq burgut to‘rt narsaga dalildir: qadr va obro‘ga; farzandga; molu ne’matga; mansabga.