Tushda o’tirmoq | Тушда утирмок

O‘TIRMOQ (NISHASTAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida bir yerga muqim o‘tirganini va qaror topganini ko‘rsa,
safarda ishi yaxshi bo‘lishiga dalildir. Agar u yerda uzoq uxlaganini ko‘rsa, shu ta’birga ega bo‘ladi.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushida otga, xachirga yoki eshakka o‘tirish to‘rt narsaga dalildir: baxtga; davlatga; martabaga; farmon beruvchi bo‘lishga.
Tushida shamol ustiga o‘tirish, chunonchi shamol itoatkor bo‘lsa, podshohlikka dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida yaxshi odamlar bilan ketayotib, ular bilan o‘tirganini ko‘rsa, hoyu qavasga berilishi va dinga qarshi bo‘lishiga dalildir.
Agar tushida dinga qarshi ekanini, yo‘lda ketayotganini va o‘tirganini ko‘rsa, ta’biri aksincha bo‘ladi.
Ismoil Ash’as (r.a.)ning aytishicha, tushida bir gurux, porso va solih kishilar bilan o‘tirganini ko‘rsa, ezguligi va solihligi ziyoda bo‘lishiga dalildir. Agar fosiqlar bilan o‘tirganini ko‘rsa, ta’biri aksincha bo‘ladi.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *