Tushda poydevor qo’ymoq | Тушда пойдевор куймок
POYDEVOR QO‘YMOQ (BUNYoD NIHODAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida poydevor qo‘yayotganini ko‘rsa, ko‘rgan poydevorining miqdoriga muvofiq kattayu-kichikdan dunyoviy foyda ko‘radi. Agar noma’lum joyga poydevor qo‘yganini ko‘rsa, lekin bu joy kimniki ekanini bilmasa, din va dunyo ishlarida harakati zoye bo‘lishiga dalil bo‘ladi. Agar poydevorni o‘z mulki va yeriga qo‘yganini ko‘rsa, halol rizq-ro‘z topishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, agar poydevorni pishgan g‘isht yoki ganjdan qo‘yganini ko‘rsa, haromdan mol topishini bildiradi.
Agar xom g‘ishtdan havoga poydevor qo‘yganini ko‘rsa, din ishlarida e’tibori baland bo‘lishini bildiradi. Agar devorning poydevorini pishiq g‘ishtdan qo‘yganini ko‘rsa, dunyo ishlariga va orzu havasga berilishiga dalildir. Agar tush ko‘ruvchi bino qursa va haqqini ham olsa, manfaat topishini bildiradi. Agar poydevorni pishiq g‘ipggdan ko‘targanini ko‘rsa, podshohdan foyda ko‘rishini anglatadi. Agar poydevorni ham g‘ishtdan va loydan ko‘targanini ko‘rsa, oddiy odamlardan foyda topishiga dalolat qiladi.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishlaricha, har kim shahar bunyod qilganini ko‘rsa, odamlardan bir guruhini himoyasi ostiga olishiga dalil bo‘ladi. Agar qal’a bunyod qilganini ko‘rsa, dushmanlar zararidan omon bo‘lishiga dalildir. Agar ko‘shk bino qilganini ko‘rsa, dunyo ishlari bilan mashg‘ul bo‘lishini bildiradi. Agar saroy bino qilganini va bu saroyda o‘tirganini ko‘rsa, foydalar topishini bildiradi. Agar masjid qurganini ko‘rsa, bir jamoatni yaxshi ishga to‘plashiga dalildir. Agar minora qurganini ko‘rsa, uning nomi yaxshilik bilan yoyilishiga dalil bo‘ladi. Agar bog‘ qilganini ko‘rsa, badavlat va pokdoman ayolga uylanishini bildiradi. Agar go‘riston bunyod qilganini ko‘rsa, oxirat ishiga mashg‘ul bo‘lishiga dalildir. Agar qubba bino qilganini ko‘rsa, obro‘-e’tibor qidirishiga dalildir. Bilginki, poydevor qurish va uni tugallash din va dunyo ishlarini mukammal qilishga dalildir. Agar qurilishni tugallanmaganini ko‘rsa, ishlari ham tugallanmay qolishini bildiradi.