Tushda qissa aytish | Тушда кисса айтиш

Xatchoplar
Ulashish

Audio tayyorlanmoqda...

Tushda qissa aytish ko’rsa nima bo’ladi | Тушда қисса айтиш кўрса нима бўлади

QISSA AYTISH (QISSA GO‘FTAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, agar bir kishi tushida noma’lum bir qissani aytayotganini ko‘rsa, zolimlarning qo‘rquvi va xavfidan omon bo‘lishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Bas, (Muso Shuaybning huzuriga) kelib, unga o‘z qissasini, so‘ylab bergach, u: Qo‘rqmagin. Sen zolimlar qavmidan najot topding, dedi. . . (Qasos surasi, 25-oyat).
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida odamlar haqidagi qissani yaxshilab aytayotganini ko‘rsa, yaxshilikka dalil bo‘ladi, agar yomon aytayotgan bo‘lsa, zarar va ziyonga dalil bo‘ladi.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida qissa aytayotganini ko‘rsa, ishi yaxshi bo‘lishi va maqsadiga yetishiga dalildir. Tushdagi qissago‘y yaxshi kishidir.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan