Tushda qul | Тушда кул

Xatchoplar
Ulashish

Audio tayyorlanmoqda...

Tushda qul ko’rsa nima bo’ladi | Тушда қул кўрса нима бўлади

QUL (BANDA) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, har kim tushida balog‘atga yetmagan qulni balog‘atga yetgan holda ko‘rsa, ozod bo‘lishiga dalildir. Agar kishi o‘z qulini ozod qilganini ko‘rsa, tez orada dunyodan ketishiga dalil bo‘ladi. Agar xoja qulni sotayotganini ko‘rsa, g‘amgin bo‘lishini bildiradi. Agar qulni sotib yuborganini ko‘rsa, shodmon bo‘lishiga dalildir.

QUL (G‘ULOM) — Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida g‘ulom bo‘lib qolganini ko‘rsa, og‘ir ishga qolishi va bu ishda ranjlar ko‘rishiga dalildir. Agar tushida g‘ulomni tutib olganini yoki sotib olganini ko‘rsa, o‘sha qilayotgan ishida yaxshiliklar borligiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi g‘ulom shodlikni bildiradi. Alloh ta’olo aytadi: Bas, Biz unga bir halim o‘g‘il xushxabarini berdik (Vas-Soffot, 101-oyat).
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushida g‘ulomi yoki kanizagini sotib yuborganini ko‘rsa, yaxshilikka dalil bo‘ladi.
Agar sotib olganini ko‘rsa, yomon bo‘ladi. G‘ulom va kanizakni bahosi uchun tilla yoki kumush olsa, yomon bo‘ladi, agar molu mato olsa, yaxshi bo‘ladi.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan