Tushda qulon | Тушда кулон

QULON (XARGUR) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, har kim tushida qulonni qo‘lga kiritganini ko‘rsa, birorta boylikni qo‘lga kiritishiga dalil bo‘ladi. Agar qulonga o‘tirganini va qulon mute’ ekanini tush ko‘rsa, osiy va gunohkor bo‘lishiga dalildir. Tushida qulon u bilan jangu jadal qilayotganini ko‘rsa, unga yetadigan qiyinchilik va ranjga dalildir. Agar qulonni ovda tutib olganini tush ko‘rsa, xayru manfaatga dalildir. Agar ikki qulonning o‘zaro urushayotganlarini tush ko‘rsa, ikki fosiq kishining u sababli bir-biri bilan jang qilishlariga dalildir. Agar qulonni o‘z uyiga olib kelganini tush ko‘rsa, bir fosiq kishini uyiga olib kelishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushdagi qulon — johil va ahmoq, ilmi va fahmi yo‘q odam bo‘ladi. Alloh ta’olo aytadi: . . .Ular hayvonlar kabidirlar. Balki, ular (yanada) adashganroqdir-lar. Ana o‘shalar g‘ofillardir (A’rof surasi, 179-oyat).
Agar tushida kulon go‘tnti yeyayotgan bo‘lsa, ko‘p mol topishiga dalil bo‘ladi. Agar qulonga minganini so‘ng yiqilib tushganini tush ko‘rsa, biror ishni talab qilishiga, biroq yetolmasligiga dalildir. Tushida ko‘r qulonga minganini ko‘rsa, hisobsiz molga ega ekanini bildiradi.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushda qulonning terisi va go‘shtini ko‘rish mol va izzat-obro‘ bo‘ladi. Agar tushida qulonning miyasiga eega ekanligini ko‘rsa, ming diram topishiga yoki bir ulug‘ odam bilan suhbat qurub, xayru manfaat topishiga dalildir. Agar qulonning boshini yeyayotganini tush ko‘rsa, ko‘p ibodat qilishi va din yo‘lini tutishini bildiradi. Tushida qulonning o‘zidan qochib ketayotganini ko‘rsa, musulmonlardan uzoqlashish yo‘lini izlayotganini bildiradi.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *