Tushda shox (daraxt shohi) | Тушда шох (дарахт шохи)
SHOX (ShOX) (Daraxt shoxi) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi shox farzandlar, aka-ukalar va qarindoshlar bo‘ladi. Agar tushda daraxt shoxini zich va ko‘p holda ko‘rsa, karindosh-urug‘lar ko‘payadi, aksincha ko‘rsa, qarindosh-urug‘lar kam bo‘ladi. Tushida o‘ziga qarashli daraxtning shoxini sindirib olganini ko‘rsa, o‘z yaqinini o‘zidan uzoqlashtirishiga dalildir. Agar daraxtning shoxi kamayganini ko‘rsa, qarindoshlaridan birining o‘limiga dalildir. Agar tushida xurmo shoxini yaxshi ko‘rsa, farzand tug‘ilishiga dalildir.
Agar tushida toza va nozik daraxt shoxini berganlarini, bergan kishi esa tanish ekanini ko‘rsa, o‘sha kishidan shox miqdoriga muvofiq xayru manfaat ko‘rishiga dalildir. Agar shox nozik va qurigan bo‘lsa, unga hech narsa yetmasligiga dalildir.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida unga achchiq meva qiluvchi daraxt shoxini berganlarini ko‘rsa, o‘sha bergan odamdan unga g‘am v a anduh yetishiga dalildir, agar shirin mevali daraxt shoxi bo‘lsa, xayru manfaat topishiga dalildir.