Tushda son | Тушда сон

SON (ADAD) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, agar tushida diram, dinor yoki libos yoxud boshqa narsalardan bitta berganini ko‘rsa, yaxshilik ko‘rishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Kimki (bir) hasana (savobli ish) qilsa, unga o‘n barobar (ko‘paytirib yozilur) (An’om surasi, 160-oyat). Binobarin, ta’birchilarning aytishicha, bu yerda o‘ntaning asosi bir sonidir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, bir soni yaxshi bo‘ladi, ikki soni g‘amu anduh bo‘ladi, biroq dushman ustidan zafarni bildiradi. Agar uch sonini ko‘rsa, o‘zi ishlab turgan ishidan bahramandlik ko‘rmaydi. Alloh ta’olo aytadi: (Alloh) aytdi: Sen-ga belgi shuki, uch kun imo-ishoradan tashqari odamlarga ga-pira olmaysan (Oli Imron, 41-oyat). Bu yerda uch so‘zi ajralishga dalolat qiladi, zeroki uch so‘zi taloqdir. Agar to‘rt sonini ko‘rsa, yaxshi bo‘ladi. Alloh ta’olo aytadi: Uch kishining o‘zaro shivirlashlari bo‘lsa, albatta, ularning to‘rtinchisi Udir. . . (Mujodala surasi, 7-oyat).
Agar tush sohibi besh vaqt namozni ado qilsa, besh soni unga yaxshi bo‘ladi. Alloh ta’olo aytadi: U osmonlar va Yerni olti kunda yaratib, so‘ngra Arsh uzra mustaviy bo‘lgan zotdir. . . (Hadid surasi, 4-oyat).
Agar yetti yo sakkiz bo‘lsa, yomon bo‘ladi. Alloh ta’olo aytadi: U (bo‘ronni Alloh) ularning ustiga paydar-pay yetti kecha va sak-kiz kunduz hukmron qilib qo‘ydiki, endi u joydagi qavmni (chirib) ichi bo‘shab qolgan xurmo daraxtining tanasidek qulab halok bo‘lib yotganlarini ko‘rasiz (Al-Haqqa suras, 7-oyat).
Agar to‘qqiz sonini ko‘rsa, zahmat va fasod bo‘ladi. Agar o‘n sonini ko‘rsa yaxshi bo‘ladi, din va dunyodan maqsadi hosil bo‘ladi. Agar o‘n bir sonini ko‘rsa, uning mashg‘ul ishlari yuzaga chiqadi. Agar o‘n ikki sonini ko‘rsa, yaxshi bo‘ladi. Alloh ta’olo aytadi: Albatta, Allohning nazdida oylarning adadi Al-lohning osmonlar va Yerni yaratgan kunidagi bitigiga muvo-fiq o‘n ikki oydir (Tavba surasi, Zb-oyat).
Agar o‘n uch sonini ko‘rsa, yomon bo‘ladi, ishining oqibati yomon tugaydi. Agar o‘n to‘rt sonini ko‘rsa, yaxshi bo‘ladi. Agar o‘n besh sonini ko‘rsa, parokanda bo‘lgan ishlari soz bo‘ladi. Agar o‘n olti sonini ko‘rsa, hojati kech chiqadi. Agar o‘n yetti sonini ko‘rsa, yomon bo‘ladi. Agar o‘n sakkiz sonini ko‘rsa, umidi hosil bo‘lmaydi. Agar o‘n to‘qqiz sonini ko‘rsa, odamlarga ishi tushadi. Alloh ta’olo aytadi: Saqar jahannami terilarni qoray-tirib kuydiruvchidir. Uning ustida o‘n to‘qqiz (farishta qo‘riqchilik qilur) (Muddassir surasi, 29 —30-oyatlar) Agar yigirma sonini ko‘rsa, yaxshi bo‘ladi, dushmanlar ustidan g‘alaba qazonadi.
Agar o‘ttiz sonini ko‘rsa, u bir kishiga adolat qiladi. Alloh ta’olo aytadi: Muso bilan o‘ttiz kecha va’dalashdik. . . (A’rof surasi, 142-oyat).
Agar qirq sonini ko‘rsa, ishlari to‘xtab qoladi.
Agar ellik sonini ko‘rsa, mashaqqat va qiyinchilikda bo‘ladi. Alloh ta’olo aytadi: Biz Nuhni o‘z qavmiga (payg‘ambar qilib) yubordik. Bas, u ularning orasida ellik yili kam ming yil turdi. . . (Ankabut surasi, 14-oyat).
Agar oltmish sonini ko‘rsa, bo‘yniga qasam ichish tushadi, u ikki oy davomida ro‘za tutishi yoki oltmishta kambag‘alni to‘ydirishi kerak bo‘ladi. Alloh ta’olo aytadi: . . . Allohdan kechi-rim so‘rab, ikki oy muttasil ro‘za tutish (bilan kifoyalanadi) (Niso surasi, 92-oyat).
Agar yetmish sonini ko‘rsa, ishi kechikadi. Agar sakson sonini ko‘rsa, unga tuhmat qiladilar va sakson cho‘p uradilar. Agar to‘qson sonini ko‘rsa, bir moldir ulug‘ odamning qiziga uylanadi. Alloh ta’olo aytadi: (Ularning biri dedi): Darvoqe, mana bu mening birodarim, uning to‘qson to‘qqiz sovliq qo‘yi bor (Sod surasi, 23-oyat).
Agar Sulton o‘zini yuz kofir suvoriy bilan ko‘rsa, dushman ustidan zafar topadi. Agar kishi tushida unga yuz diram berganlarini ko‘rsa, zino tuhmatini unga yuklaydilar va unga yuz tayoq uradilar. Agar tushida birov unga yuz dona bug‘doy, arpa doni yoki boshqa donlardan bersa, unga xayru barakat yetadi, hayoti farovon bo‘ladi.
Agar ikki yuz sonini ko‘rsa, dushmanlar uning ustidan g‘alaba qiladilar. Agar uch yuz sonini ko‘rsa, hayotda murodi hosil bo‘ladi. Alloh ta’olo aytadi: (Ular) g‘orlarida uch yuz yil turdilar va yana to‘qqiz (yil)ni ziyoda qildilar (Kahf surasi, 25-oyat).
Agar to‘rt yuz sonini ko‘rsa, dushmanlar ustidan zafar topadi, chunonchi, Hazrati Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: Lashkarning eng yaxshisi to‘rt yuz mingligidir.
Agar besh yuz sonini ko‘rsa, ishlari yurishmaydi. Agar olti yuz sonini ko‘rsa, shod bo‘ladi va maqsadiga yetadi. Agar yetti yuz sonini ko‘rsa, ishi og‘irlashadi va oxiri yaxshi bo‘ladi. Agar sakkiz yuz sonini ko‘rsa, dushman ustidan zafar topadi. Agar to‘qqiz yuz sonini ko‘rsa, dushman uning ustidan zafar qazonadi. Agar ming sonini ko‘rsa ulug‘lik topadi va dushmanni yengadi. Alloh ta’olo aytadi: . . .Bas, sizlardan yuz nafar sabrli (jangchi) bo‘lsa, ikki yuzta (yov)ni yengar. . . (Anfol surasi, 66-oyat).
Agar ikki ming sonini ko‘rsa, yomon bo‘ladi. Agar uch ming sonini ko‘rsa, g‘alabaga dalil bo‘ladi. Alloh ta’olo aytadi: . . .Mo‘minlarga Rabbingiz (osmondan) nozil etilgan uch ming-ta farishta bilan sizlarga madad bergani kifoya emasmi?! -degan paytingizni eslang!.. (Oli Imron surasi, 124-oyat).
Agar to‘rt ming sonini ko‘rsa, quvvat va ko‘mak bo‘ladi. Agar besh ming sonini ko‘rsa, muborak bo‘ladi. Agar olti ming sonini ko‘rsa, shu ta’birga ega. Agar yetti ming sonini ko‘rsa, ishlari yurishib ketishiga dalildir. Agar sakkiz ming sonini ko‘rsa, ishlari bir tekisda bo‘ladi. Agar to‘qqiz ming sonini ko‘rsa, yomon bo‘ladi. Agar o‘n ming sonini ko‘rsa, g‘alaba va muvaffaqiyat bo‘ladi. Agar yigirma ming sonini ko‘rsa, shu ta’birga ega.
Agar o‘ttiz ming sonini ko‘rsa, g‘alaba, zafarga dalildir. Agar qirq ming sonini ko‘rsa, bu ham g‘alaba va zafarni bildiradi.
Agar ellik ming sonini ko‘rsa, ranj, mashaqqat, ojizlikka dalildir. Agar oltmish ming sonini ko‘rsa, xurram va shodmon bo‘lishiga dalildir. Agar yetmish ming sonini ko‘rsa, dushman uning ustidan zafar topishiga dalildir. Agar sakson ming sonini ko‘rsa, ishlari yurishmasligiga dalildir. Agar to‘qson ming sonini ko‘rsa, dushman uning ustidan zafar topadi. Agar yuz ming sonini ko‘rsa, dushman ustidan g‘alaba qazonadi. Alloh ta’olo aytadi: Biz uni yuz ming, balki undan ham ko‘proq (odam)ga payg‘ambar qildik (Vas-Soffot surasi, 147-oyat).



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *