Tushda sut | Тушда сут

SUT Tushdagi sut qanchalik toza va shirin bo‘lsa foydasi shunchali ko‘p bo‘ladi. Agar sutni ko‘zachada ko‘rsa, molning ziyoda bo‘lishiga dalildir. Agar sutning nordon ekanini ko‘rsa, ta’biri aksincha bo‘ladi. Agar tushida toza sutdan ichganini ko‘rsa, halol molga dalildir. Agar ayol kishi ko‘kragida sut to‘planganini ko‘rsa, farzand tug‘ilishiga dalildir. Agar sut sog‘ayotganini, biroq sut o‘rniga qon chiqayotganini ko‘rsa, harom mol topishiga dalildir. Agar tushida o‘z ko‘kragidan sut emayotganini ko‘rsa, kasbida nuqson yuz berishiga dalil bo‘ladi. Agar biror kishi chaqaloqqa aylanib, sut emayotganini ko‘rsa, maqsadidan qaytishiga dalildir.
Ibrohim (r.a.)ning aytishicha, tushdagi yovvoyi qayvonlarning suti ozgina molga dalildir. Agar qulonning sutini ichayotganini ko‘rsa, salohiyatga dalil bo‘ladi. Agar tuya sutini ichayotganini ko‘rsa, farovonlikka dalildir. Agar ohu sutini ichayotganini ko‘rsa, rizqi keng bo‘lishiga dalildir. Echki sutini ichayotganini ko‘rsa, birorta ayoldan foyda topishiga dalildir.
Agar qoplon sutini ichayotganini ko‘rsa, dushman ustidan zafar topishiga dalildir.
Jobir (r.a.)ning aytishicha, agar tushida echki sutini ichsa, dushman molini tortib olishiga dalil bo‘ladi. Agar tushida fil sutini ichsa, bir ulug‘ odamdan mol hosil qilishiga, govmish sutini ichsa, birorta ayoldan zahmat yetishiga dalildir. Agar cho‘chqa sutini ichsa, aqlsiz bo‘lishiga, bo‘ri sutini ichsa, xotini unga xiyonat qilishiga dalildir. Agar tushida qo‘y sutini ichsa, halol mol topishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi go‘shti harom har qanday hayvonning suti g‘amga, halol hayvonning suti mol topishiga dalildir.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *