Tushda tabib | Тушда табиб

💡 Xatchop ga qo'shish uchun kerakli so'z ustiga bosib turing.
Belgilangan joylar:
Ulashish

Audio tayyorlanmoqda...

TABIB (TABIB) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida tabibning bir bemorni davolagani va bemorning sog‘ayib ketganini ko‘rsa, bir odamni yomon yo‘ldan yaxshi yo‘lga olib kirishiga dalildir. Agar bemorning dardi og‘irlashganini ko‘rsa, ta’biri ham aksincha bo‘ladi. Agar tushida odamlarga dori berganini va dorisi foyda qilganini ko‘rsa, ilm o‘rgatishi, pandu nasihat qilishi, odamlar uning nasihatini qabul qilishi, uning o‘rgatgan ilmiga amal qilishlariga dalildir. Agar bergan dorisi foyda qilmasa, ta’biri aksincha bo‘ladi. Tushda tabiblik qilish yaxshi kishi uchun din va oxiratning to‘g‘ri yo‘li, yomon odam uchun tanini o‘ylash va kasbu maishat qilishdir.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan