Tushda uzum | Тушда узум

UZUM (ANGUR) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, qora uzumni o‘z vaqtida yeyish g‘amu qayg‘u bo‘ladi, bevaqt yesa vahima va qo‘rqinchdir. Ta’birchilarning aytishlaricha, yegan har bir donasi barobarida tayoq yoki qamchi yeydi. Oq uzumni o‘z vaqtida yesa umid qilmagan tomondan yetadigan yaxshilik va dunyo bo‘ladi. Bevaqt yeyilgan bo‘lsa, tush egasining og‘zidan chiqadigan suv bo‘lib, u molning ketishiga dalolat qiladi. Qizil uzum ham shunday dalilga ega.
Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, oq uzum o‘z vaqtida yeyilsa, ozgina foydaga dalil bo‘ladi. Terisi qalin bo‘lgan har qanday uzum qiyinchilik bilan qo‘lga kiradigan mol bo‘ladi. Terisi yupqa uzum halol molga dalil bo‘ladi. Suvi xira uzum harom molga dalildir. Ko‘rinishi qizil uzum izzat va obro‘ta dalolat qiladi.
Qora ko‘rinishiga ega uzum g‘amu anduhga dalil bo‘ladi. Shirin va toza bo‘lgan har qanday uzum dunyo va sharafga dalil bo‘ladi, izzati oshadi. Agar jomda uzum ezayotganini ko‘rsa, bir ulug‘ ayolning xizmatini qilishiga, kosada uzum ezayotganini ko‘rsa, bir xasis odamning xizmatini qilishiga dalildir. Uzum ezayotganini va shirasini xumlarga joylayotganini ko‘rsa, podshoh orqali ko‘p molu dunyo topishiga dalildir. Agar uzumni ahlu ayoli bilan shira siqadigan idishga ezayotganini ko‘rsa, unga va ayoliga podshoh xizmatidan manfaat yetadi. Agar tush ko‘ruvchi podshohdan ko‘rmasa, molni biror kishi sababli topadi.
Qazrati Sodiq (r.a.)ning marhamat qilishlaricha, qora va oq uzum o‘z vaqtida va bevaqt yeyilsa uch narsani bildiradi: yaxshi farzandni; ilmi faroyizni; halol molni.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *