Tushda xalat | Тушда халат

XALAT (JO‘BBA) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi xalat xotin bo‘ladi. Agar tushida keng va toza xalati borligini ko‘rsa, xotini aqlli va odobli bo‘lishiga dalildir. Agar uning aksini ko‘rsa, xotini badfe’l va itoatsiz bo‘lishiga dalildir. Agar xalatning yirtilganini yoki kuyganini ko‘rsa, er bilan xotin orasida judolik gushishiga dalil bo‘ladi.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, agar xalatni qishda kiyib olganini ko‘rsa, yaxshiroq bo‘ladi va u to‘rt narsani bildiradi: xotinni; quvvatni; shodlikni; foydani.
Eski va kir xalat g‘amu anduh bo‘ladi.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, yangi xalati borligini yoki kimdir unga berganini, rangi esa yashil ekanini ko‘rsa, dini pok ayolga uylanishini bildiradi. Agar yangi, oq choponi borligini ko‘rsa, uylanadigan ayolni porso va omonatkor bo‘lishiga dalil bo‘ladi. Agar sariq rangda ekanini ko‘rsa, kasalmand bo‘lishini bildiradi. Agar ko‘k bo‘lsa, uyga cho‘mgan va g‘amgin ayol bo‘ladi. Qizil xalat ko‘rsa, ishratni sevadigan ayol bo‘lib, u bilan kam murosada bo‘ladi.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *