Tushda yo’l | Тушда йул

YO‘L (ROH) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi yo‘l din va uning amali, din yo‘lida to‘g‘rilikni qidirishdir. Tushida katta yo‘ldan ketayotganini ko‘rsa, din yo‘lida ekaniga dalildir. Tushida qandaydir guruhga to‘g‘ri yo‘lda rahbarlik qilayotganini ko‘rsa, birorta qavmga to‘g‘ri yo‘l va dinini sozlashda rahbarlik qilishiga dalildir. Tushida yo‘lda sargashta va hayron bo‘lib qolganini ko‘rsa, din yo‘lida yoki dunyo ishlarida sargashta va hayron bo‘lishiga dalildir. Tushida o‘g‘rilar yo‘lda uning mollarini o‘g‘irlab ketganini ko‘rsa, uning mikdoricha birovning zararini qoplashiga yoki jarima to‘lashiga dalildir. Tushida yo‘lda ketayotganini va charchamayotganini ko‘rsa, o‘z haqini birovdan qiyinchilik bilan olishini bildiradi. Kimdir uni to‘g‘ri yo‘ldan egri yo‘lga olib ketganini tush ko‘rsa, ma’siyatga mashg‘ul bo‘lishi va to‘g‘ri yo‘ldan ozishiga dalildir. Tushida qorong‘u tunda ketayotganini va yo‘l yurish qiyin bo‘layotganini, ammo to‘g‘ri yo‘ldaman deb gumon qilayotganini ko‘rsa, dinda to‘g‘ri yo‘lda ekaniga dalildir. Tushida ko‘pgina yo‘llarni ko‘rsa va qaysi biridan yurish kerakligini bilmasa, dinida hayronlikda qolishi va dini buzuq odamlar bilan suhbatdosh ekanligiga dalildir. Tushida yo‘l unga og‘ir bo‘lganini, qayoqqa ketayotganini bilmaganini, Rasululloh (s.a.v.) so‘zlari bo‘yicha, o‘ng tomonidagi yo‘lga yurganini ko‘rsa, haq yo‘l unga yopiq bo‘lishiga dalildir. Tushida to‘g‘ri yo‘ldan boshqa tarafga ketayotganini ko‘rsa, dushmanga makru hiyla qilishiga dalildir. Tushida to‘g‘ri yo‘ldan ketayotganini, so‘ng bir odamning andishasi uchun qaytganini ko‘rsa, dinga ziyon beradigan bir ish qilishini, o‘z maishati uchun be’mani ishlar bilan mashg‘ul bo‘lishini bildiradi. Tushida yo‘lda ketayotganini, oldidan bir ayol chiqib, shu ayolni deb yo‘ldan qaytganini va boshqa tomonga qarab ketganini ko‘rsa, dinida nuqson paydo bo‘lishi va dunyoga aldanishiga dalildir. Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, yo‘lida sabza borligini va chiroyli ko‘katlar o‘sib turganini tush ko‘rsa, holining yaxshi va dinining pok bo‘lishiga dalildir. Tushida aniq bo‘lmagan yo‘ldan gumon bilan ketayotganini ko‘rsa, dinda bid’atga yo‘l qo‘yishi yoki ishlarida sargashta bo‘lishini bildiradi. Alloh ta’olo aytadi: Albatta, mana shu (Mening) To‘g‘ri yo‘limdir. Unga ergashingizlar! (Boshqa turli) yo‘llarga ergashmangiz!.. (An’om surasi, 153-oyat). Tushida kimnidir yo‘ldan adanggirganini ko‘rsa uning dinini buzilishiga dalildir. Ismoil Angas (r.a.) aytadiki, tushdagi to‘g‘ri yo‘l musulmonlik bo‘ladi, egri yo‘l buning aksidir. Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushdagi yo‘l beshta narsaga dalildir: dunyoga; shodlikka; yaxshi ishga; xayru barakatga va osonlikka.


Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *