Tushda yo’lbars | Тушда йулбарс

💡 Xatchop ga qo'shish uchun kerakli so'z ustiga bosib turing.
Belgilangan joylar:
Ulashish

Audio tayyorlanmoqda...

YO‘LBARS (BABR) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, babr (yo‘lbars) bir yirtqich hayvon bo‘lib, sherning dushmani hisoblanadi. Uni tushda ko‘rmoq kuchli va botir dushmanni bildiradi, lekin u saxiy va mehribondir. Agar yo‘lbars bilan urush va jang qilayotganini va unga g‘azabini sochayotganini ko‘rsa, dushman bilan tortishib qolishini bildiradi. Agar yo‘lbarsdan yengilganini ko‘rsa, dushman uning ustidan zafar qazonnshiga dalildir. Yo‘lbars undan qo‘rqanini va qochganini ko‘rsa, dushmandan omon bo‘lishini bildiradi. Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, yo‘lbarsning terisi, suyagi va yungi dushmandan unga yetadigan molu manfaatni bildiradi. Agar yo‘lbars ustiga o‘tirganini va u itoatli ekanini ko‘rsa, dushmanning unga itoatli bo‘lishini bildiradi.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan