Tushda zafaron | Тушда зафарон
ZA’FARON (ZA’FARON) Ibn Sirinning aytishicha, biror kishi o‘zida za’faron borligini ko‘rsa, za’faronning miqdoriga muvofiq odamlar unga maqtov so‘zlarini aytishiga dalildir, xususan, za’faron yanchilmagan bo‘lsa. Agar za’faron yeyayotganini ko‘rsa, bemor bo‘lishiga dalildir. Za’faronning rangi libosida yoki badanida qolganini ko‘rsa, bu ham bemorlikka dalildir. Za’faron rangini badanidan yuvayotganini ko‘rsa, bemorlikdan shifo topishiga dalildir. Kirmoniyning aytishicha, yanchilmagan za’faron sotib olganini yoki kimdir unga berganini ko‘rsa, boyvachcha xotin olishiga dalildir. Za’faron rangli libos g‘am va anduhga dalildir. Agar za’faron yeyayotganini ko‘rsa, bu ham g‘am va anduhga dalildir. Agar qopda za’faroni borligini ko‘rsa, ne’mat hosil bo‘lishi va odamlardan madhu sano eshitishiga dalildir.
Пример HTML-страницы