Tushda zuluk | Тушда зулук

ZULUK (ZARQ) Bilginki, zuluk suvda yuradigan jonivor bo‘lib, forslar uni zarq deydilar. Ibn Sirin aytadiki, tushdagi zuluk tamagir dushmandir. Tushida zuluk uning badanidan qon so‘rayotganini ko‘rsa, dushman unga yopishishi va so‘rilgan qon mikdoricha boyligiga ziyon yetishiga dalildir. Agar zulukni o‘z badanidan yulib olib, o‘ldirsa, dushman ustidan g‘alaba qazonishiga dalildir. Kirmoniy aytadiki, zuluk o‘z molini emas, o‘zgalarning molini yeydigan ayolga o‘xshaydi. Agar ko‘pgina zuluklarning o‘z badaniga yopishganini va qonini so‘rayotganini ko‘rsa, so‘rilgan qon miqdoricha moliga nuqson yetishiga dalildir. Jobir aytadiki, agar zuluk badanida turganini, biroq qon so‘rmayotganini va tishlab, zarar yetkizayotganini ko‘rsa, dushmandan unga hech qanday zarar yetmasligiga dalil bo‘ladi. Agar zulukning tomog‘iga yopishib olganini ko‘rsa, dushman uning xonasida ekaniga va zulukning yetkazgan zararicha dushmandan unga zarar yetishiga dalildir.


Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *