Visa Gold kartasi bilan internetda to’lov qilish.
Bank kartalari bugungi kunning zamonaviy to’lov vositasidir.
Bank plastik kartasi bilan internetda to’lov qilish deganda hozirgi kunda unchalik mushkul vaziyatlar ko’z oldiga kelmaydi. Chunki insonlar ongi bugungi kundagi raqamli iqtisodiyot va tehnologiya sohasidagi hayotning jadallik bilan rivojlanishiga ko’nib borishni o’rgana boshladi. Balki hozir siz, shuncha gaplarni bilarkansiz, nima qilasiz o’rgatib dersiz?! Balki haqdirsiz, lekin barcha birdek emasda. Bu bilan kimnidir aqlsiz demoqchi emasman. Shunchaki hali habar topmagan va bu borada o’z savollariga javob izlayotgan yurtdoshlarimiz uchun malumot sifatida ushbu maqolani yozmoqdaman.
Visa Gold bu butun jahon davlatlariga allaqachon o’z brendini tanitib bo’lgan VISA xalqaro plastik kartasi tarkibidagi kartadir. Uyali aloqa kompaniyalarining o’z abonentlari yani hizmatdan foydalanuvchilariga bir nechta turli imkoniyatli tarif rejalarni taqdim etgani kabi, bank plastik kartalarining ham har-xil tarif rejalari mavjud. Ularning ayrimlarida to’lov vaqtidagi komissiyalarning pasligi yoki umuman belgilanmagangi qulaylik qilib belgilangan bo’lsa, yana bir boshqa tariflarida bunday imkoniyatlar cashback, yani foydalanuvchi bank kartasining belgilangan savdo nuqtalarida savdo qilganlik uchun to’lovingiz malum bir foizini kartangizga qaytarib beradi. Men birgina imkoniyat va yaratilgan qulaylikni aytdim. Bundan tashqari bank plastik kartalarida tariflangan qulayliklar talaygina.
Xalqaro kartalar bilan to’lov qilish
Bank plastik kartalarining standart ishchi holati bu plastik karta orqali to’lovlarni qabul qiluvchi savdo shahobchalarida savdo amaliyotlaridir. Plastik kartalarni internet orqali to’lov vositasi sifatida qo’llanilishi qo’shimcha qulaylikdir. Visa Gold va boshqa xalqaro kartalarda internetda to’lov qilish imkoniyati bu alohida bank hizmati hisoblanadi. Bu hizmatni foydalanuvchining, yani karta egasining hohishiga ko’ra karta chiqarilgan bankka murojati bilan yoqib beriladi. Ushbu hizmatni yoqish uchun ayrim banklarga yozma va elektron ko’rininshdagi ariza va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish kerak bo’lsa, boshqa bir banklarda mobil bank ilovalari orqali soddagina bir nechta harakatlar bilan yoqish mumkin.
Nima uchun bu hizmat karta olinayotganda standart holatda yoqilgan bo’lmaydi?
Bu hizmat standart hizmatlar qatoriga kirmasligi va alohida qo’shimcha hizmat ekanligini matnning yuqoridagi qismida aytib o’tdim. Uning yoqilmagangi asosiy sababi bu, foydalanuvchi mablag’larining havfsizligidir. Chunki bu hizmat bilan to’liq tanish bo’lmagan insonlar internetdagi buzg’inchilarga duch kelishi ham hech gap emas. Soddalik, bilmaslik buzg’inchilar uchun ajoyib o’lja, mablag’larni o’zlashtirshda bir necha daqiqa kifoya qiladi. Bu hizmatni chindan ham yoqish istagidagi kishilar uchun oddiygina bir maslahat, kartangiz yuzasidagi 16 talik raqamdan tashqari bo’lgan ma’lumotlar (amal qilish muddati, kartaning orqa tarafidagi 3 talik cvv raqam) ni hech kimga oshkor etmang. Ha aytgancha karta yuzasidagi 16 raqam ayrim turdagi kartalarda 16 tadan ko’proq yoki ozroq bo’lishi ham mumkin. Kartaning orqa tarafidagi 3 talik CVV raqami esa ayrim kartalarda 3 tadan ko’p bo’lishi mumkin.
Internetda to’lov hizmatini yoqish
Internetda to’lov hizmatini yoqish uchun avvalo siz bank kartangizni bankomat apparatlari yordamida, telefon raqamingizga ulash orqali sms habarnoma hizmatini yoqishingiz kerak bo’ladi. Visa Gold kartalarida ushbu hizmatni yoqish qo’llanmasi sifatida 2 ta misol keltirib o’taman.
Qozog’izton Kaspi bankining Visa Gold kartasida internet to’lov hizmatini yoqish
Hizmatni yoqishdan avval siz yuqoridagi talabni bajaring, yani sms habarnoma hizmatini yoqish. Yana bir kerakli talab esa Play Market yoki App Store orali Kaspibankning Kaspi.kz rasmiy ilovasini yuklab olib unda ro’yhatdan o’tish. Agar ro’yhatdan o’tib bo’lgan bo’lsangiz pastdagi Kaspi.kz ilovasida ro’yhatdan o’tish bo’limini o’qimay ketsangiz bo’ladi.
Kaspi.kz ilovasida ro’yhatdan o’tish
- Qurilmangizdan Kaspi.kz ilovasiga kiring;
- Регистрация tugmsiga bosing;
- Karta ulangan telefon raqamini kiriting;
- Karta ma’lumotlari yoki bank bilan shartnoma raqamini kiriting ;
- Зарегистрировать tugmasini bosing;
- Telefoningizga kelgan kodni kiritib tasdiqlash tugmasini bosing.
Ro’yhatdan o’tib bo’lganda
- Ilovaga kiring;
- ««Мой Банк»» bo’limida Kaspi Gold ni tanlang
- Действия bo’limini tanlang;
- Оплата в интернете bo’limini tanlang;
- Открыть доступ ga bosing;
Internet to’lov hizmatini yoqish vaqtida limit so’raladi, 25 Qozoq tangasidan 500 000 Qozoq tangasigacha o’rnatishlik yoki umuman cheksiz limit o’rnatishingiz mumkin. Shundan so’ng sizda internet to’lov hizmati yoqiladi va siz kartangizni internet do’konlarida va boshqa onlayn savdo maydonlarida ishlatishingiz mumkin bo’ladi. Siz ushbu hizmatni hohlagan paytingizda o’chirib qo’ya olasiz.
Diqqat! Agar siz, internet to’lov hizmatini yoqish vaqtida kerakli limitni cheksiz deb belgilasangiz, ushbu hizmat bir oydan so’ng avtomatik ravishda o’chiriladi, hizmatdan foydalanish uchun uni qayta faollashtirishingiz talab qilinadi.
Qirg’iziston kommersial bankining Visa Gold kartasida internet to’lov hizmatini yoqish
Ushbu bankda internet to’lov hizmatini yoqish va o’chirib qo’yish uchun https://www.cbk.kg/ru/consumer/cards/internet_payment quydagi havola bo’yicha o’tib bajarishingiz mumkin.
Havola bilan o’tilganda quyidagi rasmda ko’rsatilga forma paydo bo’ladi, uni keraklicha to’ldirib
- Подключить odatiy holatda tanlangan turibdi, bu hizmatni yoqish uchun tanlanadi, agar siz Отключить ni tanlasangiz o’chirish uchun so’rov yuborayotgan bo’lasiz;
- Фамилия Имя Отчество qatoriga esa so’ralganidek familyangiz, ismingiz, otangizni ismini kiritasiz. Masalan: Mannopjonov Muzaffar Toxirjon o’g’li;
- Email qatoriga elektron pochtangizni kiriting;
- Номер телефона для связи с Вами qatoriga siz ishlatayotgan faol telefon raqamini kiritasiz;
- Номер карты qatoriga kartangiz yuzasidagi 16 talik raqamni kiriting;
- Номер паспорта qatoriga pasportingiz raqami, seriyasini qo’shib kiritmaysiz;
- Кем выдан qatoriga, pasportingiz kim tomonidan berilganini kiritasiz;
- Дата выдачи pasportning berilgan vaqti;
Отправить tugmasini bosasiz. Forma yuborilganidan so’ng, unda ko’rsatilgan telefon raqamiga 30 daqiqa ichida hizmat faollashtirilganligi yoki o’chirilganligi haqida sms habar keladi. Xizmat faollashtirilgani haqidagi habarni olganingizdan so’ng, siz bemalol internet orqali to’lovlarni kartangizdagi mablag’ingizdan to’lay olasiz.
Diqqat! Agar siz bilan kartani olishda bank hodimi shartnomani pasportingizni rus tili yoki boshqa tilga tarjima qilingan nusxasidagi ma’lumotlar bilan rasmiylashtirilgan bo’lsa, o’sha tarjima nusxasining ma’lumotlarini kirititishingiz kerak bo’ladi.
Maqola muallifi: Mahammadjonov Shohjahon
Muallif ushbu maqola bilan quyidagilarga javobgarlikni o’z bo’yniga olmaydi!
- Internetda to’lov qilish hizmatini yoqish yoki o’chirish bilan bog’liq muammo va masalalarni;
- Mutolachining moliyaviy, shahsiy muammolarini;
- Mavzuga oid bo’lgan va bo’lmagan savollarga javob berish majburiyatini;
Mutolachining hech qanday ma’lumotlari muallif tomonidan saytda saqlab qolinmaydi. Kimnidir ushbu hizmatni faollashtirishga undash, majburlash holatlari maqolada uqtirilmagan.